So’nggi yangiliklar

13:49Ироқ телеканали "Пахтакор" учрашувларини тўғридан-тўғри кўрсатишни бошлади 0 13:21Ислам Махачев кейинги рақиби сифатида кимни лойиқ кўришини айтди 0 12:45Дана Уайт Оқ уйда UFC турнирининг қайта ўтказилиши мумкинлиги ҳақидаги саволларга жавоб берди 0 12:19WBC рейтинги: 11 нафар боксчимизнинг рейтинги қандай? 0 11:53Варди фаолиятини Бразилияда давом эттириши мумкин 0 11:29Жанибек Алимханули WBO камари учун даъвогарга айланди 0 10:47Ломаченко қайтмоқда! У мағлубият нималигини билмайдиган боксчига қарши жанг қилиши мумкин 0 10:11UFC 330 турнири иштирокчилари жанглардан қанча гонорар ишлаб олишгани маълум бўлди 0 09:39"Ланс" ПСЖни мағлуб этиб, Франция Суперкубоги соҳибига айланди 0 09:00Хабиб Махачевнинг кечаги ғалабасига илк бор муносабат билдирди 0 08:23Grand Chess Tour: Синдаров 6-турда пешқадамлардан бири Каруана билан ўйнади 0 07:57Махачев Гэрри билан тўқнашув ҳақида: "Бир неча сонияга "юлдузчалар" кўринди" 0 07:32"Башакшехир" мавсумни ғалаба билан бошлади, Шомуродовда гол, Файзуллаевда ассист + ВИДЕО 0 21:20Хабиб Дана Уайтнинг 102 кг вазнга эга экани ҳақидаги баёнотига жавоб қайтарди 0 20:56Рамазон Темиров: "Дуо қилиб туринглар!" + ФОТО 0

08 iyu 19:57
Yangiliklar

Boshqalar

Jismoniy tarbiya va sport talimi doimiy etiborda

Mamlakatimizda so'nggi yillarda jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqarish tizimini takomillashtirish, ommaviy sportni rivojlantirish, iqtidorli sportchilarni tanlash va tarbiyalash, sohani malakali kadrlar bilan taminlash borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

SHuningdek, joylaridagi talim muassasalarini yuqori malakali pedagog kadrlar bilan taminlash hamda xalqaro standartlar darajasiga mos oliy malumotli pedagogik kadrlar tayyorlash tizimini joylarda tashkil etishni yanada takomillashtirish va talim sifatini yaxshilash maqsadida O'zbekiston Respublika Prezidentining 2017-yil PQ-3152 sonli qarori asosida Toshkent viloyati CHirchiq davlat pedagogika instituti tashkil etildi. 

Dastlab, institutda 5 ta fakultet ish boshlagan bo'lsa, hozirgi kunda universitet maqomi ostida 10 ta fakultet faoliyatini davom etirmoqda va shulardan biri Jismoniy madaniyat fakultetidir (dekan, docent (PhD) Telman Achilov). Fakultet qoshida esa 4 ta kafedra - Jismoniy madaniyat nazariyasi kafedrasi (mudiri, docent (PhD) Ilhom CHoriev), Sport o'yinlari va uni o'qitish metodikasi kafedrasi (mudiri, docent (PhD) Vohid Karaev), Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi (mudiri, docent (PhD) Akromjon Abdulaxatov), Texnolog talim kafedrasi (mudiri Jamshid Hamidov) tashkil etildi.

Fakultetda ayni paytda 2392 talaba 40 nafar malakali professor-o'qituvchilar ustozligida tahsil olishmoqda. Faklultet hamkorlik aloqlariga alohida etibor qaratgan.

Xususan, Jismoniy madaniyat fakulteti pedagogik talim innovacion klasterida belgilangan vazifalarni bajarish, Yangi O'zbekistonning yangi pedagogik kadrlarini tayyorlash, o'quv-uslubiy taminotni takomillashtirish, ilmiy-amaliy tadqiqotlarni xalqaro doirada amalga oshirish, xalqaro darajadagi o'qituvchilarni tayyorlash maqsadida Toshkent viloyatidagi umumiy o'rta talim va kasb-hunar maktablari, Respublika oliy talim muassassalari, xorijiy oliy talim muassassalari hamda ko'plab jamoat tashkilotlari bilan manfaatli hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'ygan.

Hamkorlikka yo'naltirilgan tadqiqotlarda amalga oshiriladigan vazifalar quyidagilar: 

- O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 2 iyundagi PQ-289-sonli qarori ijrosini taminlashga qaratilgan umumtalim maktablari bilan hamkorlikni takomillashtirish;

- Respublikadagi oliy talim muassasalari bilan talabalar akademik mobilligi yordamida tajriba almashish; 

Respublika kurash instituti, O'zDJTSU, Muxtor Avezov nomidagi janubiy Qozog'iston universiteti hamda MOQ hamkorligidagi jismoniy madaniyat, sport va manaviy-marifiy tadbirlarni tizimli tashkil etish, OAV va ijtimoiy tarmoqlarda yoritib borishdan iborat.  

Bundan tashqari talbalarni bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, iqtidorli talabalarni saralash, Universiada sport o'yinlariga munosib tayyorgarlik kurish kabi maqsadlarni ko'zlagan holda turli sport to'garaklari faoliyati yo'lga qo'yilgan. Jumladan, futbol, voleybol, basketbol, qo'l to'pi, kurash, stol-tennisi, shaxmat, shashka, engil atletika, vorkaut singari to'garaklarda talaba-yoshlar ko'pchilikni tashkil  etadi.  

Fakultet talabalarining musobaqalardagi yutuqlari ham bisyor. Talabalarimiz kurash, dzyudo, voleybol, futbol, engil atletika singari musobaqalarning Respublika final bosqichlarida ishtirok etib, kuchli uchlikdan joy olishga muvaffaq bo'lishmoqda.  

Darvoqe, mamnuniyat bilan takidlash joiz, 2024-2025 o'quv yilida fakultet binosi to'liq qayta tamirdan chiqarildi, sport maydonlari esa qaytadan qurib bitkazildi. Amaliy mashg'ulotlar, dars jarayonlari endi zamonaviy sport maydonlarida, keng va yorug' xonalarda olib borilmoqda.

Bir so'z bilan aytganda, universitetda talimga, xususan, jismoniy tarbiya va sportga qaratilgan etiborni etirofga sazovor, deyish mumkin.

Abdilhakim JUMAEV, Jismoniy madaniyat fakultetining Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi katta o'qituvchisi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing