So’nggi yangiliklar

18:02Тим Цзю Эррол Спенсни мағлуб этиб, рақибини фаолиятини якунлашга мажбур қилди 0 17:20"Ўзбекистонда ҳам чемпион бўлади. Буни биринчи бўлиб, ўзим бажараман" — Рамазон Темиров 0 16:03Ўзбекистон U-20 аёллар терма жамоаси – CAFA чемпиони! 0 15:10Рамазон Темировнинг жангдан кейинги фикрлари қандай бўлди? 0 14:01Парижда кураш бўйича Президент соврини учун мусобақа ўтказилди 0 13:07Махлуқ ролидаги Шоҳжаҳон Эргашев, тепкиланган Одилхон ва бошқалар. Тошкентдаги проф бокс оқшомидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 12:19Суперлига. Бугун Тошкент дербиси бор 0 01:00Ўзбекистонлик жангчилар иштирокидаги Octagon 89 турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0 00:31UFC Abu-Dhabi турнирининг бонус эгалари эълон қилинди. Рамазон Темиров рўйхатда борми? 0 00:23Кутганмидингиз?! Шоҳжаҳон Эргашевнинг Марк Урвановга қарши жанги биринчи раунддаёқ ниҳоясига етди 0 00:00Гусков Анкалаевга, Темиров эса Эрцегга қарши жанг қилди! UFC Abu-Dhabi турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0 23:54UFC ABU-DHABI. БОГДАН ГУСКОВНИНГ МАГОМЕД АНКАЛАЕВГА ҚАРШИ МАРКАЗИЙ ЖАНГИ БЕШИНЧИ РАУНДДА ЯКУНЛАНДИ! 0 23:01РАМАЗОН ТЕМИРОВ ИШТИРОКИДАГИ CO MAIN EVENT ЖАНГИ БИРИНЧИ РАУНДДА ЯКУНЛАНДИ! 0 22:41Ислам Махачевнинг спарринг шериги UFC'да дебют қилди 0 22:08UFC Абу-Даби. Ризван Куниев америкалик рақибини аямади 0

22 may 15:30
Yangiliklar

Engil atletika

O'zbekiston engil atletika federaciyasiga yangi rahbar saylandi

Teglar :  Engil atletika
Bugun, 22 may kuni Milliy olimpiya qo'mitasida O'zbekiston engil atletika federaciyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferenciyasi tashkil qilindi.

Unda Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov, MOQ Prezidenti maslahatchisi Komiljon Xudoyberganov, engil atletika federaciyasi bosh kotibi Kamoliddin Nurmuhammedov hamda federaciya mutasaddilari ishtirok etdilar.

Yig'ilish avvalida Komiljon Xudoyberganov delegatlarni kun tartibi bilan tanishtirdi. Unga ko'ra, konferenciyaning eng asosiy masalasi O'zbekiston engil atletika federaciyasiga yangi prezident va bosh kotibni saylab olishdan iborat edi.

O'zbekistonda engil atletika sportining rivojiga qo'shgan hissasi, qolaversa sohadagi tajribasi va ko'p yillik mehnati inobatga olinib, Andrey Hakimovich Abduvaliev nomzodi federaciya prezidentiliga ilgari surildi. Delegatlar bir ovozdan A.Abduvaliev nomzodini qo'llab-quvvatladilar. SHu tariqa, Andrey Abduvaliev O'zbekiston engil atletika federaciyasining yangi rahbari etib saylandi.


Malumot uchun, Andrey Abduvaliev 1966 yilda tug'ilgan. MDH birlashgan terma jamoasi safida 1992-yilgi Olimpiya o'yinlarida chempionlikni qo'lga kiritgan. 2000-2012 yillar davomida O'zbekiston engil atletika federaciyasining bosh kotibi lavozimida faoliyat olib borgan.

Mamlakat engil atletika federaciyasi bosh kotibi sifatida faoliyat yuritib kelgan Kamoliddin Nurmuhammedov esa lavozimiga qayta saylandi. 

Yangi rahbariyat oldiga mamlakatimizda sportning ushbu turini rivojlantirish, oldinda turgan nufuzli musobqalarda muvaffaqiyatli natijalar qayd etish vazifasi qo'yildi.

MOQ Bosh kotibi Jasur Matchanov yangi rahbariyat oldiga qo'yilayotgan vazifani tushuntirar ekan, engil atletikani yurtimizda rivojlantirish uchun imkoniyatlar katta ekanligi, buning uchun ishni to'g'ri yo'lga qo'yib, qattiq mehnat qilish lozimligini qayd etdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing