So’nggi yangiliklar

19:02Шавкат Раҳмонов қачон октагонга қайтишини айтди 0 18:39"UFC 318 турнири у учун ташкил этилмоқда" — Дана Уайт 0 18:17Усман: "Бундан қутилишим керак эди" 0 17:53Бэйл Англия клуби эгаларидан бирига айланиши мумкин 0 17:26Махачевнинг мураббийи: "Яримўрта вазнга ўтиш режаси Топурия пайдо бўлгунича ҳам бор эди" 0 17:01Топурия – Оливейра тўқнашуви учун захира жангчиси маълум 0 16:38Германияда ҳали мағлубиятга учрамаган боксчи ўлдириб кетилди 0 16:16Уч нафар ўзбекистонлик футболчи Англия клубида кўрикдан ўтиш учун жўнаб кетди 0 15:52UFC on ESPN 69 турнири иштирокчилари гонорарлари эълон қилинди: Усманда энг кўпи эмас 0 15:30Нигина Абдураимова узоқ йиллардан кейин терма жамоа сафида! Теннисчиларимиз Billie Jean King Cup турниридаги иштирокини бошлади 0 15:08Ислам Махачевнинг ММАда яна нечта жанги қолгани айтилди 0 14:45Неймарнинг келажаги маълум 0 14:24Новак Жокович: "Менга мотивация бериб турадиган биргина мусобақа қолди" 0 14:03Эдди Хирн Энтони Жошуанинг эҳтимолий рақибларини санади 0 13:42Фаолиятини якунлаган Жозе Альдо UFC рўйхатидан ўчирилди 0

04 iyu 15:52
Yangiliklar

SHaxmat

O'zbekiston FIDE prezidentligi saylovlari uchun Kirsan Ilyumjinov nomzodini ilgari surdi, O'zbekiston shaxmat federaciyasiga esa yangi rais saylandi

Sir emaski, shaxmat bugungi kunda O'zbekistonda yaxshigina taraqqiy topgan. O'zbek shaxmat maktabi jahonga Rustam Qosimjonovdek jahon chempionini etishtirib bergan.

SHuningdek, Nodirbek Abdusattorov bugungi kunda jahonning eng yosh grossmeysteri bo'lib turibdi. SHaxmatchilarimiz tomonidan qo'lga kiritilayotgan muvaffaqiyatlar albatta barchamizga fahr-iftihor bag'ishlaydi.
Bugungi kunda mamlakatimizda shaxmatni rivojlantirish, xalqaro grossmeysterlar sonini yanada oshirish uchun imkoniyat ham, salohiyat ham etarli. Buning uchun federaciyaga yangi qon kiritib, yangicha shijoat bilan ish olib borish talab etiladi. Zero, qo'lga kiritilgan muvaffaqiyatlar bilan chegaralanib qolmasdan, o'zbek shaxmatini yangi bosqichga olib chiqish lozim.

Ana shu maqsadda bugun, 4 iyun kuni Milliy olimpiya qo'mitasida O'zbekiston shaxmat federaciyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferenciyasi tashkil qilindi. Unda Butunjahon shaxmat federaciyasi rahbari Kirsan Ilyumjinov, Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri SHoakrom Isroilov, O'zbekiston shaxmat federaciyasi mutasaddilari ishtirok etishdi, deb xabar bermoqda MOQ matbuot xizmati.

Yig'ilishni O'zbekiston shaxmat federaciyasi raisi o'rinbosari Bahodir Umrzoqov olib bordi. Konferenciya kun tartibi O'zbekiston shaxmat federaciyasiga yangi rais saylab olish, shuningdek, shu yil oktyabr oyida bo'lib o'tadigan Butunjahon shaxmat federaciyasi (FIDE) prezidentligi saylovi uchun  Kirsan Ilyumjinov nomzodini ilgari surishdan iborat edi.


Birinchi masala yuzasidan mamlakatimizda sportning ushbu turini yanada rivojlantirish maqsadida federaciya raisi lavozimiga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi loyiha va boshqaruv Milliy agentligi direktori Dmitriy Romanovich Li nomzodi ilgari surildi. Konferenciya ishtirokchilari bir ovozdan D.Li nomzodini qo'llab-quvvatladilar. SHu tariqa, Dmitriy Li O'zbekiston shaxmat federaciyasining yangi raisi etib saylandi.


"Bildirilayotgan ishonch uchun rahmat aytaman. O'zbekistonda shaxmatga oid Prezident qarori bor. O'zbek shaxmatini qo'llab-quvvatlash, yordam berish uchun barcha chorani amalga oshiraman. SHaxmat insonning intelektual, mantiqiy fikrlashini rivojlantiradi", - dedi Dmitriy Li.

SHundan so'ng, Butunjahon shaxmat federaciyasi va O'zbekiston shaxmat federaciyasi nizomiga binoan, shu yil Batumida bo'lib o'tadigan FIDE prezidentlik saylovi uchun O'zbekiston shaxmat federaciyasi nomidan 1995 yildan beri ushbu tashkilotga rahbarlik qilib kelayotgan, etti marotaba FIDE prezidentligi lavozimiga qayta saylangan Kirsan Ilyumjinov nomzodini ilgari surish masalasi ko'rildi. Konferenciya qatnashchilari bir ovozdan Kirsan Nikolaevich Ilyumjinov nomzodini FIDE prezidentligi uchun nomzod sifatida qayd etishdi.  

"Toshkent men uchun qadrli shahar. Bu erga o'z uyimga kelgandek kelaman. O'zbekistonga ilk marotaba 1978 yilda Spartakiada vaqtida kelgandim. Bugungi kunda FIDE jahonning eng yirik sport tashkilotlaridan biri hisoblanadi. Federaciyaga 188 mamlakat azo. 1995 yilda shaxmat sport turi sifatida tan olinmagandi. 1999 yilga kelib shaxmat Xalqaro olimpiya qo'mitasi tomonidan sport turi sifatida rasman tan olingan. Ayni paytda jahon bo'ylab 600 milliondan ortiq inson shaxmat o'ynaydi. Maqsadim 2020 yilgacha ushbu ko'rsatkichni 1 milliardga etkazish. Bu erdan Rustam Qosimjonov, Nodirbek Abdusattorov kabi grossmeysterlar etishib chiqqan. O'zbekiston shaxmat federaciyasi eng faol federaciyalardan biri hisoblanadi. Dmitriy Li bilan birga o'zbek shaxmatidagi kamchiliklar bartaraf etilishiga, sport turi yangi bosqichga  olib chiqilishiga ishonchim komil", - dedi Kirsan Ilyumjinov.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing