15 iyu 09:35
Yangiliklar

O'zbekiston Jahon chempionatining blic bahslari saralashida 12 ta uchrashuvning barchasida g'alaba qozondi
Kechadan dunyoning 55 jamoasi ishtirok etayotgan ushbu nufuzli musobaqada blic bo'yicha bahslar boshlandi. Kuchli tarkib bilan qatnashayotgan O'zbekiston terma jamoasi saralash bosqichidagi 12 ta uchrashuvning barida g'alaba qozonib, 24 ochko bilan S guruhi g'olibi sifatida pley-offga yo'l oldi. Biz singari 100 foizlik natijaga birgina WR Chess Team jamoasi erishgan.
Har bir guruhdan 4 tadan jamoa pley-off bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi. O'zbekiston terma jamoasi 1/8 finalda D guruhida 4-o'rinni egallagan Qozog'istonning Barys.kz jamoasiga qarshi bahs olib boradigan bo'ldi. A guruhida 1-o'rinni band etgan WR Chess Team jamoasi chorak final chiptasi uchun V guruhida 4-o'rinni egallagan Malcolm's Mates shaxmatchilariga qarshi dona suradi.
Blic. Nokaut tizimi. 1/8 final juftliklari
WR Chess Team (A1) - Malcolm's Mates (B4)
Hetman GKS Katowice (D3) - Germany and Friends (C2)
Team MGD1 (D1) - Generation XYZA (C4)
Knight Dance (A3) - Hexamind Chess Team (B2)
Freedom (B1) - FIDE MB Team (A4)
Rookies (C3) - KazChess (D2)
Uzbekistan (C1) - Barys.kz (D4)
Theme International Trading (B3) - Ashdod Elit Chess Club (A2)
Malumot uchun, jamoaviy jahon chempionatining umumiy mukofot jamg'armasi 500 000 evro bo'lib, rapid uchun 310 000, blic uchun esa 190 000 evro ajratilgan. O'zbekiston terma jamoasi rapid musobaqasida qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ragina sovrinli o'rinlardan quruq qoldi. To'rtinchi o'rinni egallagan jamoamiz 30 000 evro mukofot puliga ega chiqdi.
Fikrlar