So’nggi yangiliklar

13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0

13 iyu 11:27
Yangiliklar

SHaxmat

O'zbekiston Jahon chempionatining ikkinchi kunidan keyin peshqadamlar safida

Buyuk Britaniyaning London shahrida rapid va blic yo'nalishlari bo'yicha jamoaviy Jahon chempionati davom etmoqda.

Dunyoning 55 jamoasi ishtirok etayotgan ushbu nufuzli musobaqada O'zbekiston terma jamoasi ham kuchli tarkibda sovrinli o'rinlar uchun bahs olib bormoqda. Tarkibda Rustam Qosimjonov, Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, SHamsiddin Vohidov singari etakchi grossmeysterlarimiz bor.   

Jamoaviy jahon chempionatining umumiy mukofot jamg'armasi 500 000 evro bo'lib, rapid uchun 310 000, blic uchun esa 190 000 evro ajratilgan. Musobaqaning ilk kuni rapid bo'yicha 4 ta tur uchrashuvlari o'tkazildi. Terma jamoamiz ikkinchi kungi bahslarda 2 g'alaba va 2 durang qayd etdi. 

Global Ramblers 5:1, Isroil terma jamoasi 4,5:1,5 hisobida mag'lub etildi. Malcolm's Mates va Hexamind jamoalari bilan 3:3 hisobidagi jangovar durangga imzo chekdik. Tarkibiga mashhur grossmeysterlarni jamlagan Hexamind jamoasiga qarshi bahsda Javohir Sindarov amaldagi chempion Volodar Murzinni, Nodirbek Abdusattorov esa Levon Aronyanni mag'lub etishni uddaladi. Rustam Qosimjonov va SHamsiddin Vohidov o'z partiyalarini durang bilan yakunlashdi. Afsuski, Afruza Hamdamova va Nilufarxon Imomqo'zieva raqiblariga yutqazib qo'yishdi. 

SHu tariqa, O'zbekiston terma jamoasi ikkinchi kungi bahslardan so'ng 5 g'alaba, 2 durang va 1 mag'lubiyat bilan 12 ochko jamg'argan holda qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 4-o'rinni egallab turibdi. Uchinchi pog'onadagi Freedom jamoasi hisobida ham 12 ochko bor. Team MGD1 va Hexamind Chess Team jamoalari 13 tadan ochko jamg'arib, turnir jadvalida qo'shhokimlik qilishyapti. 

Bugun jahon chempionatining jamoaviy rapid bahslarida g'olib va sovrindorlar aniqlanadi. To'qqizinchi turda o'zimiz singari 12 ochkoga ega Germany and Friends jamoasiga qarshi bahs olib boramiz. Germaniya tarkibida Vinsent Keymer (2649), Mattias Blubaum (2596), Sven Rasmus (2616), Dmitriy Kollars (2553), Aleksandr Donchenko (2561) singari grossmeysterlar bor. 

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing