18 mar 11:51
Yangiliklar
Futbol

O'zbekiston - Keniya uchrashuviga kirish bepul!
Malumki, joriy yilning 23 mart kuni Andijon shahrida O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Keniya yoshlar terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.
Mazkur bahs «Sog'lom avlod» stadionida bo'lib o'tadi. Bo'lajak o'yinga chiptalar qachon va qanday narhda chiqishi muxlislarning diqqat markazida turgandi. Olingan malumotlarga ko'ra, bo'lajak o'rtoqlik o'yiniga kirish bepul qilib belgilangan. Navro'z bayrami munosabati bilan xalqimizga bayram sovg'asi sifatida o'rtoqlik uchrashuviga kirish bepul qilib belgilangan.
SHunday ekan, ishqibozlar 23 mart kuni soat 20:00da boshlanadigan O'zbekiston - Keniya xalqaro o'rtoqlik o'yiniga bepul kirishlari mumkin bo'ladi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar