So’nggi yangiliklar

21:18Ал аш-Шайх “Канело” Ар-Риёдда жанг қилишга тайёрлигини маълум қилди 0 20:41Хорхе Масвидаль UFC’га қайтиш бўйича музокара олиб бормоқда 0 19:59Расман. Дмитрий Биволнинг навбатдаги жанги тасдиқланди (ПОСТЕР) 0 18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0

14 okt 13:18
Yangiliklar

Boshqalar

O'zbekiston klubi KXLda ishtirok etadimi? Olamsport.com aniqlashtiradi!

Teglar :  Xokkey
Bundan bir necha kun oldin KXLda O'zbekistondan jamoa qatnashishi haqida xabar tarqalgandi.

Olamsport.com sayti muxbiri Aziz To'xtamurodov ushbu xabar haqiqatga qanchalik yaqin ekanligini bilish maqsadida "Binokor" jamoasi bosh murabbiyi Alisher Azimov bilan aloqaga chiqdi.

"Ayni paytda mahalliy yoshlardan iborat jamoamiz bor. Ular poytaxtimizdagi muz saroylarining birida mashg'ulot olib borishyapti. Yigitlar Qozog'istondagi turnirlarda qatnashib kelishmoqda", - deya so'z boshladi Azimov.

Bundan bir necha oy muqaddam ijtimoiy tarmoq orqali chet elda xokkey bilan shug'ullanayotgan o'zbekistonliklarni jamoamizga jalb etish maqsadida elon bergandik. Ana shundan so'ng dunyoning turli mamlakatlaridan bizga murojaatlar bo'ldi. Ularning aksariyati ayni paytda Rossiyada xokkey bilan shug'ullanayotgan yurtdoshlarimiz edi. SHuningdek, AQSH, Belarus, Qozog'istonda yashab, xokkey o'ynayotgan vatandoshlarimiz ham "Binokor" sharafini himoya qilish istagini bildirishdi.  



"KXL? Albatta, bunday g'oya rejamizda bor. Barchasi "Xumo" arenasi ochilganidan so'ng aniq bo'ladi. Ochilish marosimida biz o'zbek xokkeychilarining nimalarga qodir ekanligini namoyish qilib bermoqchimiz. Maqsadimiz jiddiy. Nasib qilsa, o'zbek jamoasi Kontinental Xokkey Ligasida ishtirok etadi. Buning uchun yigitlarimizning kuch va iqtidorlari etarli.



Rejaga ko'ra shu yilning o'zidayoq O'zbekiston xokkey federaciyasi ochilishi kerak. Ana shundan so'ng biz Xalqaro xokkey federaciyasiga azo bo'lib, qita va jahon miqyosidagi turnirlarda ishtirok eta olishimiz mumkin", - dedi Azimov.

Malumot uchun:

Azimov Alisher Akramovich

1968 yil 10 oktyabrda Toshkent shahrida tug'ilgan.

- O'zbekistonda xokkeyni qayta tashkil etgan.

- "Binokor" xokkey klubi tasischisi

- "Binokor" xokkey klubi bosh murabbiyi.

O'z vaqtida "Binokor"ning bolalar sport klubida xokkey sir asrorlarini o'rgangan. CHet el xokkey ligalarida legioner sifatida o'ynagan. 


Reyting: +2   

Fikrlar

+1   
14 okt 15:23:07
Ангрен
Яхши Алишер ака, катта ишга бел боглабсиз, омадизи берсин...
   
14 okt 17:56:36
Xushnudbek
Olamsport.com аниқлаштиради! Manimcha Olamsport birinchi marta o'zi aniqlashtirdi shekili xabarni :)))
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing