So’nggi yangiliklar

11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0 08:12АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Ливерпул"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 07:30Бенавидес Усик билан жанг қилиш учун супероғир вазнга кўтарилишга тайёр 0 19:19Наоя Иноуэ кейинги рақибининг номини эълон қилди 0 18:48Дана Уайт Шон Стрикленднинг боксда ўзини синаб кўриш истагига муносабат билдирди 0 18:17Башар Ресан "Персеполис"га қайтадими? 0 17:46Фьюри ва Жошуа жанги Буюк Британияда рекорд ўрнатиши мумкин 0 17:15"Фақат раундлар". Бивол ўзбекистонлик боксчилар билан машғулот ўтказмоқда (ФОТО) 0 16:44WBC президенти Дэвид Бенавидеснинг WBC камаридан воз кечганига муносабат билдирди 0 16:1340 ёшли Жиру 37 ёшли Давиде Анчелоттига нима учун "сиз"лаб мурожаат қилишини тушунтирди 0

27 iyu 16:21
Yangiliklar

Boshqalar

O'zbekiston kriket federaciyasi rasman Xalqaro kriket kengashi (ICC) azosiga aylandi

Teglar :  KriketO'zbekiston
Buyuk Britaniyaning Birmingem shahrida Xalqaro Kriket Kengashi (ICC)ning navbatdagi kongressi bo'lib o'tdi.

Mazkur kongressda kriket bo'yicha bajarilayotgan ishlar sarhisob qilindi. Kongress reglamentiga muvofiq, kriket rivojlanayotgan mamlakatlarning ICCga azolik masalalari ham muhokama qilindi. Quvonarlisi, ushbu kongressda O'zbekiston kriket federaciyasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokamaga qo'yildi va bir ovozdan xalqaro kriket kengashining azoligiga qabul qilindi. 

SHu tariqa, O'zbekiston kriket federaciyasi Xalqaro kriket kengashi (ICC) azolik ro'yxatiga 106-davlat sifatida qabul qilindi. Xalqaro kriket kengashi (ICC) kongressida ishtirok etgan O'zbekiston kriket federaciyasi raisi Aziz Mixliev shunday deydi.

- Avvalambor, mustaqil va yangi O'zbekiston farzandi sifatida aytishim mumkinki, davlatimiz rahbari, hurmatli SHavkat Mirziyoev tashabbusi va say-harakatlari bilan bugun har sohada, jumladan, jismoniy tarbiya va sportga yaratilayotgan imkoniyatlar beqiyos. SHu bois, sportchilarimiz yurtimiz bayrog'ini dunyo arenalarida ko'z-ko'z qilishmoqda. O'zbekiston kriket federaciyasi ham Xalqaro kriket kengashining azosiga aylandi va ushbu munosabat bilan barcha yurtdoshlarimizni, sportchilarimizni muborakbod etaman. Umid qilamanki, O'zbekiston kriketchilari ham yaratilayotgan keng imkoniyatlardan foydalanib, kriket bo'yicha xalqaro musobaqalarda vatanimiz sharafini munosib himoya qilishadi. 

Eslatib o'tamiz, Xalqaro  kriket kengashi (ICC)ning Osiyo mamlakatlarida kriketni rivojlantirish bo'limi boshlig'i, oliy toifali xalqaro ekspert, janob Iqbol Sikander va ICCning  moliyalashtirish ishlari menejeri Nitesha Kotariylar 11-13 iyul kunlari Toshkentda bo'lishib, O'KF faoliyati bilan yaqindan tanishib, xulosalarini xalqaro kriket kengashi (ICC) rahbariyatiga taqdim etishgandi. 

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting: -1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing