26 noy 09:10
Yangiliklar

O'zbekiston kubogi. Bugun “Bunyodkor” - “Lokomotiv” uchrashuvi
“Bunyodkor” va “Lokomotiv” jamoalari final yo'llanmasi uchun maydonga tushishadi. Bu jamoalar o'rtasidagi ilk o'yinda “temiryo'lchilar” o'z maydonlarida 1:0 hisobida g'alabaga erishgan edi.
Bugungi bahs soat 14:00da “Bunyodkor” stadionida boshlanadi.
Eslatib o'tamiz, finalda ushbu juftlik g'olibi Qarshining "Nasaf" klubi bilan bellashadi. Final 30 noyabr kuni Samarqand shahrida bo'lib o'tadi.
O'zbekiston kubogi. ½ final. Javob o'yini.
“Bunyodkor” (Toshkent) – “Lokomotiv” (Toshkent)
26 noyabr (shanba). Toshkent. “Bunyodkor” stadioni. 14:00
Hakamlar: O. Tolibjonov (Toshkent), R. SHoyaxmetov (Toshkent), S. SHoyusupov (Toshkent), D. Pislegin (Toshkent)
Nazoratchi: A. Xotamov (Toshkent).
Birinchi o'yin: 0:1
Fikrlar