So’nggi yangiliklar

17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0

20 avg 08:44
Yangiliklar

Boshqalar

O'zbekiston Milliy Paralimpiya associaciyasiga yangi rahbar saylandi

Teglar :  Paralimpiya
MOQda O'zbekiston Milliy Paralimpiya associaciyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferenciyasi bo'lib o'tdi.

Unda Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Oybek Kasimov, MOQ vice-prezidentlari Aziz Kamilov hamda Saken Polatov, shuningdek, sport jamoatchiligi ishtirok etdi. Konferenciyada kun tartibiga qo'yilgan asosiy masala associaciyaning amaldagi raisi Ulug'bek Mirhaydarovning o'z xohishiga ko'ra lavozimidan ozod etilishi bo'yicha yozgan arizasini ko'rib chiqish va uning o'rniga yangi rahbar saylash bo'ldi. 

Yig'ilish davomida dastlab U.Mirhaydarov arizasi ko'rib chiqildi. Konferenciya ishtirokchilari bir ovozdan uning istefosini qabul qilishdi.

SHundan so'ng MOQ vice-prezidenti Aziz Kamilov so'zga chiqib, associaciya rahbarligi uchun shu paytgacha O'zbekiston Milliy Paralimpiya associaciyasi raisi o'rinbosari lavozimida ishlab kelgan Muxtorxon Maxsudovich Tashxodjaev nomzodini ilgari surdi va yig'ilganlarga nomzod haqida qisqacha malumot berib o'tdi. Ovoz berish jarayonida barcha bir ovozdan yangi nomzodni maqulladi va Muxtorxon Tashxodjaev O'zbekiston Milliy Paralimpiya associaciyasiga yangi rahbar etib saylandi.


“Avvalo, menga bildirilgan ishonch uchun hammaga rahmat. Oldimizda Tokio-2020 Paralimpiya o'yinlaridek masuliyatli musobaqa turibdi. Rioda qayd etilgan natija tasodif emasligini isbotlash uchun barchamiz birgalikda harakat qilamiz. Jamoaning hamjihatligisiz hech narsaga erishib bo'lmaydi. Umid qilamanki, barchamiz bir jamoa bo'lib, oldimizga qo'yilgan vazifalarni ado etamiz”, – dedi Muxtorxon Tashxodjaev.

SHuningdek, yig'ilish davomida Oybek Kasimov va Aziz Kamilov so'zga chiqib, yangi rahbarning faoliyatida omad va zafarlar tilab o'tishdi. SHuning bilan O'zbekiston Milliy Paralimpiya associaciyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferenciyasi o'z ishini yakunladi.

Tadbir yakuniga etgach, barcha Milliy Paralimpiya associaciyasida jam bo'ldi. U erda MOQ prezidenti Rustam SHoabdurahmonov Paralimpiya associaciyasi mutasaddilari, sportchi va trenerlar bilan suhbatlashdi. MOQ prezidenti uchrashuv davomida tashkilot azolariga yangi rahbarni yana bir bor tanishtirib, M.Tashxodjaevning faoliyatida omad tiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing