So’nggi yangiliklar

09:00Хабиб Махачевнинг кечаги ғалабасига илк бор муносабат билдирди 0 08:23Grand Chess Tour: Синдаров 6-турда пешқадамлардан бири Каруана билан ўйнади 0 07:57Махачев Гэрри билан тўқнашув ҳақида: "Бир неча сонияга "юлдузчалар" кўринди" 0 07:32"Башакшехир" мавсумни ғалаба билан бошлади, Шомуродовда гол, Файзуллаевда ассист + ВИДЕО 0 21:20Хабиб Дана Уайтнинг 102 кг вазнга эга экани ҳақидаги баёнотига жавоб қайтарди 0 20:56Рамазон Темиров: "Дуо қилиб туринглар!" + ФОТО 0 20:24"Вазни 102 кг". Дана Уайт Хабибнинг UFC`га қайтиши эҳтимоли ҳақида 0 19:53Ҳакамликдаги инқироз ва ечим: бизга “тийиб туриш” механизми керак! 0 19:27Махачев — Йен Гэрри жанги статистикаси: зарбалар ва аниқлик фоизи, Мачадо 11 та кўпроқ зарба йўллабди 0 18:54Махачев Гэрри билан жангнинг бешинчи раунди олдидан Хабиб унга нима деганини ошкор қилди 0 18:26Бу қизиқ! Дана Уайт бугун Ислам Махачевнинг мағлубиятини кутган экан 0 18:00Судзукининг ПСЖга трансфери барбод бўлиши сабаби маълум 0 17:28Махачев навбатдаги чемпионлик ҳимояси учун рақиб ва муддатни маълум қилди 0 16:49ММА ҳамжамиятининг Ислам Махачев - Йен Гэрри жангига муносабати 0 16:22Магнус Карлсен чемпион бўлган EWC 2026 турнирида Нодирбек нечанчи ўринни эгаллади ва қанча мукофот пулини қўлга киритди? 0

03 fev 21:59
Yangiliklar

Boshqalar

O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasi maxsus tadbirlar tashkil etdi + FOTO

Teglar :  Paralimpiya
O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasi xayrli tadbirga qo'l urdi.

Bu ishtirokchilarning aksariyati  mamlakatimiz chekka xudularidan  kelgan va ular o'z imkoniyatlari qanday namoyon etishni ham bilmagan.



O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 18 may kuni imzolagan “Paralimpiya harakatini rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi hamda 2021 yil   5 noyabr kuni imzolagan “2024 yil Parij shahrida (Franciya) bo'lib o'tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o'yinlariga o'zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to'g'risida”gi Qarorlari ijrosini taminlash maqsadida O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasi tomonidan navbatdagi “Parij sair yo'l” loyihasining dastlabki  bosqichi  amalga oshirildi. Loyihaning ahamiyatli jihati shundaki, u har bir ishtirokchida kelajakga umid ko'zi bilan qarashni, mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish uchun etarli sharoit borligini namoyon etdi. 



Ilk bosqichda  nanizm kasalligiga chalingan insonlar orasida paralimpiya sportiga qiziqishi bo'lgan 150 nafarga yaqin yurtdoshlarimiz Toshkent shahriga tashrif buyurishdi va ular  dastlab maxsus tibbiy tekshiruvdan o'tkazildi. 

So'ngra ishtirokchilar guruhlarga bo'lingan holda para pauerlifting, para engil atletika va para suzish sport turlarida o'zlarini sinab ko'rishdi. Murabbiylar aynan mana shu ko'rik davomida har bir ishtirokchining imkoniyati qaysi paralimpiya sport turiga mos tushishi bo'yicha xulosaga kelib, ularni ushbu sport turi bo'yicha muntazam mashg'ulotlarga jalb etadi.



Quvonarlisi ishtirokchilar orasidan ayrimlari xatto Osiyoda rekord ko'rsatkichni qayd etgan sportchilar bilan tenglasha olishi mumkin ekanliklarini o'zlari ham bilmagan. 

Yurtdoshlarimiz o'z hayotida  yangi sahifa ochilayotganligini ushbu tadbir orqali  his etdilar va yurtboshimiz g'amxo'rliklaridan ular ham chetda qolmaganliklarini dildan tuydilar.


3 kun davom etgan tadbir so'nggida barcha ishtirokchilar O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasida jam bo'ldi. Bu erda Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o'yinlarida aynan mana shu klassda yadro uloqtirish bo'yicha oltin medalni qo'lga kiritgan Boburjon Omonov qatnashdi va o'zi kabi sportga ilk qadamlarini qo'yayotgan insonlarga o'ziga hos motivaciya berdi. 

SHundan so'ng barcha qatnashchilar madaniy hordiq olishlari uchun qo'mita tomonidan poytaxtimizning diqqatga sazovor joylariga ekskursiyalar tashkil etildi. Bularning barchasi ishtirokchilarga olam-olam quvonch va unutilmas xotiralarni taqdim etdi.

O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasi bu kabi saralash tadbirlarini kelgusida ham davom ettirishni rejalashtirgan.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing