22 mar 17:50
Yangiliklar
Boshqalar
O'zbekiston Milliy Paralimpiya terma jamoasi Dubayda engil atletika bo'yicha Gran-Pri turnirida ishtirok etmoqda
Birlashgan Arab Amirligining Dubay shaxrida engil atletika bo'yicha Xalqaro Gran-Pri musobaqasi bo'lib o'tmoqda.
Nufuzli Gran-Pri
turnirida 50ga yakin davlatlardan 400dan ortiq sportchilar kuch
sinashmoqdalar. 26 martga qadar davom etadigan mazkur musobaqada
O'zbekiston Milliy Paralimpiya terma jamoasi ham ishtirok etmoqda.
Kecha terma jamoamiz
azolaridan ikki nafari sovrindorlar safidan joy olishdi. Yadro uloqtirish
bo'yicha tashkil etilgan bahslarda Natalya Semenova 2-o'rinni egallab kumush
medal bilan taqdirlangan bo'lsa, Elbek Sultonov 14,30 metr natijasi
bilan 3-o'rinni band etdi va bronza medaliga loyiq ko'rildi.
Musobaqa davomida oldinda hamyurtlarimizni shuningdek, yana yadro, nayza va disk uloqtirish baxslari kutib turibdi.
Havola :
Manba : Olympic.uz
Fikrlar