24 jan 15:30
Yangiliklar
Futbol

O'zbekiston olimpiya terma jamoasining serbiyalik murabbiyi savollarga javob qaytaradi
Xabaringiz bor, O'zbekiston olimpiya terma jamoasini endilikda serbiyalik mutaxassis Lyubinko Drulovich boshqarib boradi.
U terma jamoaning tayyorgarligi bo'yicha o'z rejasini taqdim qiladi va ana shu reja asosida Tokio-2020 musobaqasiga tayyorgarlik ko'riladi.
Ertaga 25 yanvar kuni soat 15:00da Milliy olimpiya qo'mitasida Lyubinko Drulovich bilan matbuot anjumani bo'lib o'tadi. Jurnalistlar Olimpiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyiga o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishlari mumkin bo'ladi. Matbuot anjumaniga barcha turdagi ommaviy axborot vositalari xodimlari taklif qilinadi.
Havola :
Manba : ufa.uz
Fikrlar