So’nggi yangiliklar

09:44Хабиб телефонда камроқ вақт ўтказишни маслаҳат беряпти 0 09:18Пётр Ян - Мераб Двалишвили трилогияси Абу-Дабида ўтказилади 0 08:53ЖЧ-2026да Мессига суиқасд тайёрланган 0 08:07Оғир атлетикачиларимиз қитъа биринчилигида яна бир бронза медалига эга чиқишди 0 18:53"Бу уларга таъсир қиларди". Хабиб жанг пайтида рақиблари билан тез-тез гаплашиб турганини тушунтирди 0 18:10"Ҳазиллашмаяпман". Стрикленд Трамп ва Гитлер ўртасида ўхшашликни кўрсатди 0 17:35"Реал" ёзда Александр-Арнольдни сотиш ниятида эмас 0 16:59Хабиб нима учун Макгрегорни ҳеч қачон ҳақорат қилмаганини тушунтирди 0 16:14Икки вазнда собиқ UFC чемпиони промоушендаги ҳакамликни танқид қилди 0 15:33Усик фаолиятидаги сўнгги жанг ҳақида: "Бизда иккита вариант бор" 0 14:57"Манчестер Юнайтед" дарвозабони бошқа клубга ўтди 0 14:16"У билан ҳаммаси тамом бўлган". Оверим Макгрегор ҳақида 0 13:40Алматидаги катта масштабдаги халқаро ўқув-машғулот йиғини давом этмоқда + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 12:58Жавоҳир Синдаров: "Мен Гукешнинг энг кучли версиясига тайёрланяпман" 0 12:33УЕФА жазмани билан боғлиқ жанжал сабаб Инфантинонинг фаолиятини текширмоқчи 0

02 jan 16:16
Yangiliklar

Ot Sporti

O'zbekiston ot sportini rivojlantirishda Ummon bilan yaqindan hamkorlik qiladi

Teglar :  Ot sporti
Kecha, 1 yanvar kuni O'zbekiston Respublikasining Ummon Sultonligidagi elchisi Anvar Abduhalimov mamlakat ot sporti federaciyasi prezidenti Al Said Munzir bin Sayf bin Hamad al Busaidi bilan uchrashuv o'tkazdi.

Bungacha Al Said Munzir sentyabr oyida yurtimizga tashrif buyurib, ot sportini rivojlantirishda mamlakatlar o'rtasida hamkorlikni kuchaytirish bo'yicha muzokara olib borgandi.

Kecha tashkil etilgan uchrashuvda ham O'zbekistonda yilqichilik va ot sportini rivojlantirish istiqbollari, o'zbekistonlik mutaxassislarning malaka oshirish dasturlarida ishtirok etishi, ummonlik chavandozlarning O'zbekistondagi musobaqalarda qatnashishi masalalari muhokama qilindi.

2019-2020 yillarda O'zbekistonda ot sporti maktablarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish rejalashtirilmoqda. Uchrashuvda elchi Abduhalimov mazkur islohotlarda ummonlik do'stlar faol ishtirok etishlariga umid qilishini aytib o'tdi.

SHuningdek, maktablarda imkoniyati cheklangan bolalar uchun ham sharoitlar yaratishga alohida etibor qaratiladi. Bundan tashqari, loyiha doirasida otxonalar quriladi, otlar uchun maxsus inventarlar xarid qilinadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing