So’nggi yangiliklar

18:25Биринчи ракеткамиз Манама "Челленжер" турнирининг 1/4 финалида 0 18:04Саудия Арабистони стадионлар қурилиши учун қарз беради 0 17:43FIDE Жаҳон кубогининг энг ёш чемпиони Жавоҳир Синдоров тантанали кутиб олинди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 17:22Арман Царукян агар Топурия бўлмаса, кимга қарши жанг қилишга тайёрлигини айтди 0 17:01Дзюдочиларимиз Abu Dhabi Grand Slam 2025 турниридаги рақибларини билиб олишди 0 16:40"У менинг тезлигим ва футворкимга дош бера олмайди". Жейк Пол — Жошуа билан жанг ҳақида 0 16:10Тимур Кападзе: "Индонезияга бу ердаги муҳитни кўрай деган мақсадда келдим" 0 15:36Жавоҳир Синдаров Президент томонидан фахрий унвон ва 3 хонали уй билан тақдирланади 0 15:15IJF россиялик дзюдочиларга байроқ билан мусобақаларда қатнашишга рухсат берди 0 14:39Тошкент бокс бўйича яна бир катта мусобақага мезбонлик қилади 0 14:16ЖЧ-2026. Ҳозирга келиб, қанча чипта сотилгани эълон қилинди 0 13:44"Жошуа учун бу узоқ тун бўлади". Жейк Пол Энтони Жошуадан қай томонлама устун эканлигини айтди 0 13:20"Ҳали тугатганим йўқ. Бу — фақат бошланиш". 41 ёшли Фергюсон фаолияти ҳақида гапирди 0 12:57Илия Топурия 2026 йил баҳорида жанг қилади - инсайдер 0 12:33Мбаппе EЧЛ рекордини ўрнатди 0

31 mar 10:32
Yangiliklar

SHaxmat

O'zbekiston shaxmat federaciyasida navbatdan tashqari hisobot-saylov Konferenciyasi bo'lib o'tdi

Teglar :  SHaxmatKonferenciya
Kuni kecha O'zbekiston shaxmat federaciyasida navbatdagi hisobot-saylov Konferenciyasi o'tkazildi.

Unda mamlakatimiz hududlaridan saylangan barcha delegatlar ishtirok etdi. Bugungi kunda mamlakatimizda shaxmat sport turini rivojlantirish va keng ommalashtirishga shaxsan muhtaram Prezidentimiz tomonidan alohida etibor qaratib kelinmoqda. Buning natijasida yurtimizdan har yili ko'plab Osiyo va jahon chempionlari, ko'plab xalqaro unvon sohibi bo'lgan shaxmatchilar etishib chiqmoqda.

Ayniqsa, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi “SHaxmatni yana-da rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Qarori yurtimizda shaxmat sporti rivojida yangi davrni boshlab berdi. Mazkur qaror bilan mamlakatimizning Xalqaro shaxmat federaciyasidagi (FIDE) reyting ko'rsatkichlarini yaxshilash hamda 2025-yilda birinchi 10 talikka kirishiga erishishdek jiddiy vazifalar yuklandi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, qolaversa federaciya oldida turgan muhim vazifalar ijrosini taminlash borasidagi ishlarni atroflicha ko'rib chiqish maqsadida kuni kecha O'zbekiston shaxmat federaciyasida navbatdagi hisobot-saylov Konferenciyasi o'tkazildi. Unda mamlakatimiz hududlaridan saylangan barcha delegatlar ishtirok etdi.

Konferenciya ishida quyidagi masalalar ko'rib chiqildi:

-  O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 7-18-fevral kunlari o'tkazilgan o'rganish yakunlari bo'yicha kiritilgan taqdimnomani muhokama qilish;

- Federaciya raisining o'rinbosarlarini saylash;

- Federaciyaning Ijroiya qo'mitasi azolarini saylash;

- Xalqaro shaxmat federaciyasi (FIDE)ning joriy yil iyul oyida Hindistonda bo'lib o'tadigan 92-Kongressida O'zbekistondan rasmiy delegat saylash.

Kun tartibidagi masalalar delegatlar tomonidan atroflicha muhokama qilinib, bildirilgan fikrlar, taklif va mulohazalar asosida quyidagi qarorlar qabul qilindi.

O'zbekiston shaxmat federaciyasi oldida turgan vazifalarning ijrosini yana-da jadallashtirish va kuchaytirish maqsadida tashkilot rahbariyatida saylovlar amalga oshirildi. Unga ko'ra, 17-Jahon chempioni Rustam Mashrukovich Qosimjonov, shaxmat sport ustasi, O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining o'rinbosari Baxodir Xamidovich Umurzakov, FIDE toifasidagi arbitr Eldor SHukurovich Gafurov, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiyi Rustam Abdijamilovich Davletov (Qoraqalpog'iston Respublikasi) va ayollar xalqaro sport ustasi Yulduz Oybekovna Hamroqulova keyingi to'rt yil muddatga O'zbekiston shaxmat federaciyasi raisi o'rinbosarlari etib saylanishdi.

SHuningdek, taniqli jurnalist va publicist SHarof Ortiqovich Ubaydullaev federaciyaning jamoatchilik kengashi raisi etib saylandi.

Rais o'rinbosari B.Umurzakov zimmasiga davlat organlari, sport tashkilotlari va idoralari bilan hamkorlikni kuchaytirish, mamlakatimiz hududlarida shaxmat sport turini yana-da ommalashtirishni yangi bosqichga olib chiqish, chekka hududlardan iqtidorli yoshlarni topish va ularni katta sportga yo'naltirish, aholi orasida turli darajadagi shaxmat musobaqalarini tashkil etish va umuman ushbu sport turini yana-da rivojlantirish vazifalari yuklandi.

Keyingi paytlarda respublikamizda xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini oshirish, gender tengligini taminlashga alohida ahamiyat qaratilmoqda. SHuni inobatga olgan holda O'zbekiston shaxmat federaciyasi tomonidan rais o'rinbosari etib Yulduz Hamroqulovani saylash taklifi ilgari surildi va bir ovozdan maqullandi. O'z navbatida YU.Hamroqulova yurtimiz xotin-qizlari orasida shaxmatni keng ommalashtirish, ayollar orasidan etuk shaxmatchilarni tarbiyalash, ayollar terma jamoalari safiga iqtidorli qizlarni jalb qilish, ayol trenerlarni tayyorlash, professional shaxmatchilar orasida xalqaro unvon sohibi bo'lgan xotin-qizlar sonini ko'paytirish hamda ularning reyting ko'rsatkichlarini oshirish singari vazifalar bilan shug'ullanadi.

Hisobot-saylov Konferenciyasida federaciya boshqaruvi tarkibida boshqa o'zgarishlar amalga oshirilmadi. SHuningdek, delegatlar O'zbekiston shaxmat federaciyasi Ijroiya qo'mitasining yangi tarkibini keyingi to'rt yil muddatga tasdiqlashdi.

Har ikki yilda Butunjahon shaxmat olimpiadasi doirasida o'tkaziladigan FIDEning oliy organi – Kongress yig'ilishi joriy yil Hindiston davlatida tashkil etiladi. Ushbu nufuzli sport anjumanida O'zbekistondan rasmiy vakil sifatida ishtirok etish uchun Markaziy Osiyo davlatlari shaxmat federaciyasi prezidenti, O'zbekiston shaxmat federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Xusan Xudoyqulovich Turdialiev nomzodi delegatlar tomonidan bir ovozdan maqullandi hamda O'zbekiston nomidan FIDE delegati sifatida ishtirok etadi.

SHuningdek, kun tartibidagi so'nggi masala yuzasidan kiritilgan taqdimnomaga asosan federaciya faoliyatiga va o'rganish obektlariga huquqiy baho berildi. Federaciyaning kelgusi faoliyatida qonunchilikka hamda o'z ustaviga qatiy rioya etilishini nazorat qilish hamda ustavga zid harakatlar sodir etgan masul xodimlarga tegishli choralarni ko'rish lozimligi belgilab qo'yildi.

O'zbekiston shaxmat federaciyasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing