So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

19 jan 16:47
Yangiliklar

SHaxmat

O'zbekiston shaxmat federaciyasida yil laureatlari taqdirlandi

Teglar :  SHaxmat
O'zbekiston shaxmat federaciyasida yil laureatlari taqdirlandi Respublika ixtisoslashgan bolalar-o'smirlar shaxmat maktabida O'zbekiston shaxmat federaciyasining 2018 yil yakunlariga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Unda o'zbek shaxmat maktabining bugungi holati, mamlakatimiz shaxmatchilarining Xalqaro turnirlar va jahon chempionatlarida erishayotgan yutuqlari omili, umumiy o'rta talim maktablarida shaxmatning fan sifatida o'qitilishi kabi ko'plab masalalarga to'xtalib o'tildi. 

SHundan so'ng 2018 yil yakunlariga ko'ra turli nominaciyalar bo'yicha g'oliblarga diplom hamda esdalik sovg'alari topshirildi. Jumladan, Nodirbek Yoqubboev – 2018 yilning eng yaxshi shaxmatchisi, deb etirof etilgan bo'lsa, Gulruhbegim Tohirjonova xotin-qiz shaxmatchilar orasida shunday nomga sazovor bo'ldi. 

Yaqinda amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsenni mag'lubiyatga uchratib, o'ziga xos shov-shuv ko'targan xalqaro master SHamsiddin Vohidov esa 2018 yilning 16 yoshgacha bo'lgan eng yaxshi shaxmatchisi, yana bir istedodli sportchimiz Umida Omonova – 2018 yilning 20 yoshgacha bo'lgan eng yaxshi ayol shaxmatchisi, deb topildi. “Yilning eng yaxshi murabbiyi” nominaciyasiga taniqli mutaxassis Vladimir Egin munosib ko'rildi. 

SHuningdek, tadbirda “Eng yaxshi shaxmat klubi”, “Eng yaxshi shaxmat federaciyasi bo'limi”, “Eng yaxshi arbitr”, “Ijtimoiy tarmoqlarda shaxmatni eng yaxshi yoritgan jurnalist”, “Ommaviy axborot vositalarida shaxmatni eng yaxshi yoritgan jurnalist” kabi nominaciyalar bo'yicha ham g'oliblar munosib taqdirlandi. 


Shaxmat-taqdir (2).jpg


Shaxmat-taqdir (3).jpg


Shaxmat-taqdir (4).jpg


Shaxmat-taqdir (8).jpg

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing