28 okt 17:40
Yangiliklar

O'zbekiston terma jamoasi Butunjahon shaxmat olimpiadasida ishtirok etadi
Bugun tongda shaxmat bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Turkiyaga jo'nab ketdi. Yurtimiz sharafini GM Abdusattorov Nodirbek (Toshkent, 2004 tug'ilgan), GM Sindarov Javohir (Toshkent, 2005 tug'ilgan), FM Kasimov Ali (Samarqand, 2003 tug'ilgan), Madaminov Muhiddin (Toshkent, 2006 tug'ilgan.), WFM Omonova Umida (Surxondaryo, 2006 tug'ilgan)himoya qilishadi. Jamoa murabbiyi va sardori GM Yuldashev Saydali.
O'zbekiston SHaxmat federaciyasi matbuoti xizmati malumotiga ko'ra, sportchilarning musobaqada qatnashish harajatlarini Raqamli iqtisodiyot qo'llab quvvatlash “Raqamli ishonch” fondi tomonidan moliyalashtirilgan.
16 yoshgacha bo'lganlar orasida Butunjahon SHaxmat olimpiadasi 9 turdan iborat bo'lib, shveycarcha tizimda bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yilgi Butunjahon SHaxmat olimpiadasida O'zbekiston terma jamoasi chempionlikni qo'lga kiritgan edi.
Fikrlar