28 iyu 07:00
Yangiliklar
SHaxmat

O'zbekiston terma jamoasi Butunjahon shaxmat Olimpiadasiga yo'l oldi + FOTO
Xabar berib o'tganimizdek, Hindistonning CHennay shahri Butunjahon shaxmat Olimpiadasiga mezbonlik qiladi.
SHu maqsadda terma jamoamiz azolari kecha Hindistonga jo'nab ketishdi.
Kuzatish chog'ida O'zbekiston shaxmat federaciyasi rahbari Alisher Sadullaev sportchilarimizga muvaffaqiyatlar tiladi.
Terma jamoamiz Hindistondagi musobaqada quyidagi tarkibda ishtirok etadi:
Erkaklar
GM Nodirbek Abdusattorov (2004-yili tug'ilgan),
GM Nodirbek Yoqubboev (2002),
GM Javohir Sindorov (2005),
GM Jahongir Vohidov (1995),
GM SHamsiddin Vohidov (2002),
Ayollar
WGM Nilufar Yoqubboeva (2000),
WFM Umida Omonova (2006),
WCM Afro'za Hamdamova (2009),
WFM Maftuna Bobomurodova (2006),
Marjona Malikova (2002).
Havola :
Fikrlar