So’nggi yangiliklar

09:44Курашчиларимиз U17 ёш тоифасидаги Жаҳон чемпионатида қатнашишади 0 09:03Усик хайрлашув жангини кимга қарши ўтказиши мумкинлигини айтди 0 08:32Роналду ФИФАни коррупцияда айблаган видеога лайк босди 0 07:59Мўйноқ ёш полвонлар баҳсига мезбонлик қилди 0 07:23Маҳмуд Мурадов чемпионлик камари учун жанг қилади + ПОСТЕР 0 06:48Quantbox Chennai Grand Masters 2026. Абдусатторов ҳинд гроссмейстерини таслим этди. Гукеш ютқазди 0 06:17Дональд Трамп ЖЧ-2026 якунларини сарҳисоб қилди: "Бу тарихдаги энг хавфсиз ва томошабоп жаҳон чемпионати бўлди" 0 05:31Ботировда олтин, Ғаниев бронза медалини қўлга киритди. Будапештда халқаро рейтинг турнири якунланди 0 19:17Шакур Стивенсон Цзю — Спенс жанги учун қатъий башорат берди 0 18:45Усик: "Мен эркинман, аммо ҳали ҳам чемпион бўлиб қолавераман" 0 18:13ЖЧ-2026. Ҳусанов ТОП-10дан жой олди 0 17:46Усик ҳозирда дунёнинг энг яхши уч боксчиси кимлигини айтди 0 17:17UFC икки йил ичида иккинчи марта Эдмонтонда турнир ўтказади 0 16:55Усик Zuffa Boxing чемпиони бўлишга қизиқмоқда 0 16:28Ямал барча даврларнинг ёшга доир рекордини ўрнатди 0

12 iyu 12:09
Yangiliklar

SHaxmat

O'zbekiston terma jamoasi uchun Jahon chempionatining birinchi kuni qanday o'tdi?

Buyuk Britaniyaning London shahrida rapid va blic yo'nalishlari bo'yicha jamoaviy Jahon chempionati start oldi.

Dunyoning 55 jamoasi ishtirok etayotgan ushbu nufuzli musobaqada O'zbekiston terma jamoasi ham kuchli tarkibda sovrinli o'rinlar uchun bahs olib bormoqda. Tarkibda Rustam Qosimjonov, Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, SHamsiddin Vohidov singari etakchi grossmeysterlarimiz bor.   

Jamoaviy jahon chempionatining umumiy mukofot jamg'armasi 500 000 evro bo'lib, rapid uchun 310 000, blic uchun esa 190 000 evro ajratilgan. Musobaqaning ilk kuni rapid bo'yicha 4 ta tur uchrashuvlari o'tkazildi. Terma jamoamiz birinchi kungi bahslarda 3 g'alaba va 1 mag'lubiyat qayd etdi. 

Birinchi turda Berlin Chess Federation jamoasi 6:0 hisobida dog'da qoldirildi. Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, Rustam Qosimjonov, SHamsiddin Vohidov, Afruza Hamdamova va Nilufarxon Imomqo'zieva raqiblarini taslim etishdi. 

Ikkinchi turda David Navara boshchiligidagi Hetman Katowice jamoasidan 4,5:1,5 hisobida ustun keldik. Abdusattorov birinchi doskada aynan Navaraga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Sindarov, Yakubboev, Hamdamova va Imomqo'zieva raqiblarini mag'lub etishdi. Vohidov esa durang o'ynadi. 

Uchinchi turda g'olibona yurish davom etdi va bu safar Knight Dance jamoasi 4,5:1,5 hisobida mag'lubiyatga uchratildi. Abdusattorov Jorden va Forest bilan murosaga keldi. Sindarov, Vohidov, Hamdamova va Imomqo'zieva o'z partiyalarini g'alaba bilan yakunlashdi. Yakubboev bu safar yutqaziyu qo'ydi. 

To'rtinchi turga kelib ilk va hozircha yagona mag'lubiyat qabul qilib olindi. Jahonning to'rtinchi raqamli shaxmatchisi Arjun Ergaisi boshchiligidagi asosan hindistonlik grossmeysterlardan tarkib topgan Team MGD1 jamoasiga 2,5:3,5 hisobida imkoniyatni boy berildi. Nodirbek Abdusattorov Arjun Ergaisini chiroyli usulda mag'lub etdi. Sindarov Petala Harikrishna, Yakubboev ispaniyalik David Anton, Hamdamova greciyalik Stavrula Tsolakidu bilan murosaga keldi. SHamsiddin Vohidov hind grossmeysteri Leon Luke Mendonkaga, Imomqo'zieva esa Attarva Tayadega yutqazib qo'ydi. 

SHu tariqa, O'zbekiston terma jamoasi birinchi kungi bahslardan so'ng 3 g'alaba va 1 mag'lubiyat bilan 6 ochko jamg'argan holda qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 8-o'rinni egallab turibdi. Bizga yagona mag'lubiyatni taqdim etgan Team MGD1 jamoasi 8 ochko bilan yakka peshqadamlik qilmoqda. 

Bugun jahon chempionatining jamoaviy rapid bahslarida yana 4 ta tur uchrashuvlari o'tkaziladi. SHaxmatchilarimiz 5-turda amerikalik taniqli grossmeyster Levon Aronyan boshchiligidagi Hexamind jamoasiga qarshi dona surishadi. Bugungi raqiblar ham biz singari 6 ochkoga ega bo'lib turibdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing