So’nggi yangiliklar

23:32UFC 316 турнирининг барча иштирокчилари тарозидан ўтишди 0 18:38UFC 316. Шон О'Мэлли Мераб Двалишвилидан оғирроқ чиқди (ФОТО) 0 15:30ЖЧ йўлланмасини қўлга киритган футболчиларимизга қандай мукофотлар берилиши маълум 0 14:48Жон Жонс бир марта чеченистонлик жангчидан нокаутга учраганини тан олди 0 12:00Илия Топурия Оливейрадан кейин кимга қарши жанг қилишини айтди 0 11:05Қозоғистон термаси матбуот котиби: "Ўзбекистонга кўчиб кетаман" 0 10:23Cпорт вазири ўринбосари яна бир федерацияда иш бошлади 0 09:03Двалишвили: "Сиз хурсанд ва хавфли Мерабни кўрасиз. О’Мэллини нокаут қиламан" 0 23:0734 йиллик орзу ушалди! Ўзбекистон - Жаҳон чемпионатида! 0 19:12Нассурдин Имавов навбатдаги жангини қаерда ўтказиши маълум бўлди 0 18:51Осиё Кубоги-2007 ғолиби: "Ўзбекистоннинг имкониятлари юқорироқ" 0 18:25Волкановски: "Миш-мишлар рост — бу Мовсар эмас" 0 18:02Оскар Де Ла Хойя Райан Гарсияга маслаҳат берди 0 17:39Пакьяо Мэйвезерни ўзининг энг яхши ТОП-5 рақиблари қаторига киритмади 0 17:17Сардор Рашидов Португалиядан қандай қилиб қайтган эди? 130 минг евро маош, Деку ва Қатарга ўтиш воқеаси ҳақида 0

22 avg 22:24
Yangiliklar

Xokkey

"O'zbekiston uchun o'ynashlari muhim". "Humo" yangi mavsum oldidan matbuot anjumani o'tkazdi

Teglar :  Humo
Toshkentning "Humo" xokkey jamoasi yangi mavsum oldidan OAV xodimlari uchun matbuot anjumani tashkil etdi.

Ushbu anjumanda jamoa bosh murabbiyi Evgeniy Popixin, bosh menejer Yuris Opulskis, hujumchi Javohir Rasulov va darvozabon Roman Smiryagin qatnashdi.

Anjuman davomida "Humo"ning yangilangan tarkibi, shuningdek 24 sentyabr kuni boshlanadigan "Pro Hokei Ligasy" haqida so'z bordi. 


Anjumanda dastlabki fikrlarni bosh murabbiy Evgeniy Popixin bildirib o'tdi. 

"Birinchi navbatda barchaga rahmat aytmoqchiman. Ikki-uch yil oldin birgalikda ajoyib ishni amalga oshirgandik. Siz xokkeyni ommaviylashtirdingiz. SHu sababli bizda tomoshabinlar paydo bo'ldi. Muhit ajoyib edi. O'ylaymanki, ushbu mavsumda ham bu davom etadi. Sizlarga ko'p narsa bog'liq. Siz o'z ishingizni yaxshi bajarmoqdasiz.


SHuningdek, Popixin "Humo"ning yangi tarkibi haqida gapirdi:

"Jamoa bo'yicha fikrlarimni aytishni istardim. Turli klublardan yigitlar yig'ildi. Maqsadimiz ushbu yigitlardan imkon qadar tezroq jamoa shakllantirish. Bu oson jarayon emas. Agar eslasangiz, uch yil oldin ham avvaliga oson bo'lmagandi, keyin esa oila sifatida jamlana olgandik. Dekabrdan so'ng esa pley-off vaqtida bizda jangovar oila yuzaga kelgandi. Jamoa emas, oila! Barcha oxirigacha kurashardi. Hozirda yigitlar mehnat qilishmoqda, raqobat bor, tarkibni kuchaytirish uchun rahbariyat ham o'yinchilar izlamoqda. Bu borada ish muntazam ravishda davom etadi. Biz uchun bu erga kelib shunchaki emas, O'zbekiston uchun o'ynashlari muhim. Bu erda sen rus, tatar, evrey, o'zbek ekanliging muhim emas, ammo sen bu erga Toshkent jamoasi uchun o'ynashga kelasan. Va bu erda muxlisni alday olmaysan".

11 sentyabr kuni ilk uy uchrashuvimizni o'tkazamiz. Hozir tayyorgarlik ketmoqda. Ertaga Qozog'istonga jo'nab ketamiz. U erda Qozog'iston kubogi bahslari o'tkaziladi. O'sha erda endi yigitlarni ko'ramiz, tekshiramiz. Ushbu turnirda haqiqatdan ham yaxshi raqiblar ishtirok etmoqda. 

«Humo» XK bosh murabbiyi Minskdagi yig'in haqida ham o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:

"Rahbariyatga rahmat. Yig'in Minskda bo'lib o'tdi, sharoitlar alo darajada. CSKA jamoasi u erda mashg'ulot o'tkazayotgan edi. Ular "Gagarin kubogi" g'oliblari. Yuris Opulskis bizga CSKA bilan qo'shma mashg'ulot o'tkazish uchun imkoniyat yaratib berdi. Bizga shunday sovg'a berganingiz uchun sizga katta rahmat! Yigitlar uchun bu juda muhim edi. Yigitlar yaxshi mashq qilishdi", - deydi bosh murabbiy.


SHuningdek, klub muxlislarini «Humo» XK tarkibida o'zbekistonliklarning borligi qiziqtirdi:

"Jamoalarda mahalliy aholi vakili bo'lishi muhim. Balki muxlislar ularga xorijliklardan ko'ra yaxshiroq munosabatda bo'lar?", - deb so'radi jamoa muxlislaridan biri.

"Menimcha, jamoada mahalliy o'yinchi bo'lgani juda yaxshi. Ammo sport nuqtai nazaridan, bu hech qanday ahamiyatga ega emas. Nima bo'lganda o'zbekmi yoki o'zbek emasmi, o'ynash, isbotlash kerak", - deydi hujumchi Javohir Rasulov.

O'tgan mavsum "Humo" maktabida bolalarga ustozlik qilgan Rasulovga muxlislardan biri "O'yinchi bo'lish qiyinroqmi yoki murabbiy bo'lish?" deb savol berdi.

"Murabbiy bo'lish har doim qiyin. Murabbiy rahbarlik qilishi kerak. Hamma uchun javobgar, hamma uchun qayg'urish zarur", - dedi Javohir.


Jurnalistlar "Humo"ning Qozog'iston chempionatidagi ishtiroki bilan ham qiziqishdi. Jurnalistlardan biri Yuris Opulskisga nima uchun ikki yil avvalgidek VXLda emas, Qozog'iston chempionatida ishtirok etishga qaror qilingani haqida savol berdi.

"Bu mening qarorim emas, Evgeniy Nikolaevichning ham qarori emas. Rahbariyat Qozog'istonda o'ynashni taklif qildi. Biz professionalmiz: Qozog'istonda o'ynashimiz kerakmi, Qozog'istonda o'ynaymiz. Menimcha, bu yaxshi variant. Evgeniy Nikolaevich bilan fikrimiz shuki, klub yana jonlandi. O'tgan mavsumdagidan yomonroq o'ynashga haqqimiz yo'q", - dedi "Humo" bosh menejeri.

Jurnalistning "Qanday natija kutyapsiz? Jamoa hech bo'lmaganda pley-offga chiqishi mumkinmi?" deya bergan savoliga Opulskis quyidagicha javob berdi: "Biz javob berolmaymiz, lekin u erda bo'lishimiz kerak (pley-offda)".

 

Jamoaga oid savollardan tashqari marketing bo'yicha direktor Alyona Ertcenkinaga ham savol berildi.

"Muxlislarni bu mavsumda nimalar kutmoqda, avvalgidek tadbirlar bo'ladimi?" – deb so'radi jamoa muxlislaridan biri.

"Rejalarimizga keladigan bo'lsak, tadbirlarni o'tkazishda o'zgarishlar bor. O'yin oldidan boshqacha dastur tuzamiz. Biz hamma narsa yorqinroq, kengroq bo'lishini rejalashtiryapmiz. Va hozirda ochilish uchrashuvini iloji boricha jozibali, esda qolarli va birinchi soniyalardanoq taassurot qoldirish uchun bir nechta variant ustida ishlayapmiz. Umuman olganda, biz o'z poziciyalarimizdan voz kechmaymiz. Har bir o'yin alohida voqelik, to'liq tadbir sifatida, har bir tashrif buyuruvchi mehmon o'zi uchun qiziq narsa topa olsin. Va albatta, har bir tadbirimizda foyeda ko'ngilochar dasturlar. Bular qandaydir interaktiv o'yin yoki didjital bo'ladi".


Eslatib o'tamiz, joriy mavsumda "qanotlilar" Qozog'iston chempionatida ishtirok etishadi, shuningdek, 24 avgustdan 1 sentyabrgacha bo'lib o'tadigan Qozog'iston Kubogi uchun ham kurash olib borishadi. Jamoa Qozog'iston Kubogidagi ilk o'yinini 24 avgust kuni Qozog'istonning amaldagi chempioni "Sariarka" jamoasiga qarshi o'tkazadi. "Humo" "A" guruhida joy olgan bo'lib, unga "Sariarka", "Aktobe" va "Kulager" kabi jamoalar raqib bo'ladi.

Reyting:    

Fikrlar

   
24 avg 06:53:54
Fahritdin Tashkenbaev
Шу пулларни шахматчиларимизга бер!!!
   
24 avg 06:53:02
Fahritdin Tashkenbaev
Кимга керак искусственний клуб!!! ФЫакат четдан келиб узбеклар пулларини олиб кетишади!!!
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing