So’nggi yangiliklar

21:18Ал аш-Шайх “Канело” Ар-Риёдда жанг қилишга тайёрлигини маълум қилди 0 20:41Хорхе Масвидаль UFC’га қайтиш бўйича музокара олиб бормоқда 0 19:59Расман. Дмитрий Биволнинг навбатдаги жанги тасдиқланди (ПОСТЕР) 0 18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0

14 may 11:05
Yangiliklar

Boshqalar

O'zbekiston va Koreya Respublikasi sport aloqalari rivojlantiriladi

Teglar :  Sport qo'mitasi
12 may kuni Toshkentdagi Olimpiya shon-shuhrati muzeyida O'zbekiston jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi raisi Rustam Qurbanov Koreya Respublikasining mamlakatimizdagi elchisi Kvon Yon U bilan uchrashdi.

Avval Kvon Yon U janoblari mustaqillik yillarida o'zbekistonlik sportchilarning ajoyib g'alabalari haqida hikoya qiluvchi ekspoziciya va eksponatlar bilan tanishtirildi. So'ngra O'zbekiston va Koreya Respublikasi o'rtasidagi do'stona aloqalar, sport sohasidagi hamkorlik haqida samimiy suhbat bo'lib o'tdi.

Rustam Qurbanov mehmonni qutlar ekan, koreyalik sportchilarning nufuzli musobaqalardagi zafarlariga, mamlakat yirik sport anjumanlarini yuksak saviyada o'tkazish tajribasiga egaligiga etibor qaratdi, jumladan, 1988 yili Seulda yozgi olimpiya o'yinlari, XXI asrning avvalida Pusan va Inchonda Osiyo o'yinlari butun jahon sport jamoatchiligining tahsiniga sazovor bo'lganini, kelgusi yili navbatdagi qishki olimpiada Pxyonchxanda  muvaffaqiyatli o'tishiga shubha qilmasligini etirof etib, mamlakatlarimiz o'rtasida o'zaro manfaatli aloqalar sport sohasida ham samara berishini takidlab o'tdi. 

Kvon Yon U janoblari O'zbekiston tarixan qisqa davr – chorak asr mobaynida dunyo hamjamiyatida o'ziga xos o'rin egallab ulgurishida sportdagi g'alabalarning ham hissasi borligini, o'tgan yili Braziliyadagi olimpiya va paralimpiya o'yinlari vaqtida mamlakatimiz sportchilarining yutuqlaridan xursand bo'lganini, bugungi kunga kelib O'zbekiston Markaziy Osiyoda sport sohasida yaqqol etakchiga aylanganini qayd etdi, o'zbek va koreys xalqlarining sportni birdek sevishiga alohida etibor qaratdi. Koreyada sportni rivojlantirish borasida ko'plab ilmiy tadqiqotlar olib borilayotgani, texnologiyalar takomillashtirilayotganiga to'xtalgan elchi janoblari, o'z mamlakatidagi yutuqlardan o'zbekistonlik mutaxassislar ham foydalanishlari uchun, sport sohasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash uchun ko'maklashishga tayyor ekanligini bildirdi. Pxyonchxandagi qishki olimpiada o'yinlarida O'zbekiston delegaciyasi ishtirok etishidan mamnun bo'lishini aytdi.

Suhbat davomida ommaviy sport, qishki sport turlarini rivojlantirish, sportchilar va mutaxassislar hamkorligi borasida fikr-mulohazalar almashildi. O'zbekiston jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi bilan Koreya Respublikasi sport vazirligi o'rtasida aloqalarni yanada faollashtirish maqsadga muvofiq ekanligi etirof etildi.

O'zbekiston jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing