So’nggi yangiliklar

15:12"Ислам хеч қачон ярим ўрта вазнда жанг қилмаган". Маддалена Махачев билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 14:00"Ролан Гаррос". Новак Жокович ўз юришини тўхтатди 0 13:10Жонс Аспиналл билан эмас, Нганнуга қарши жанг қилмоқчи 0 12:32Ўзбекистоннинг 17 клуби ОФК лицензиясини қўлга киритди, аммо... 0 12:05Эртага ўтказиладиган UFC 316 турнирининг тўлиқ карди билан танишинг 0 11:29Украин бокси афсонаси Василий Ломаченко фаолиятини якунлади 0 11:03"Ролан Гаррос". Карлос Алькараз илк финалчи! 0 10:37Тадбиркор Ўткир Юсуповга уч хонали уй совға қилди 0 10:11Давлат Бобоновни табриклаймиз! 0 09:46Иман Хелиф Эйндховендаги турнирда қатнашадими? 0 09:19Tashkent W15. Етакчиларимиз эплай олмаган ишни Шубина амалга оширди, у 1/2 финалда! 0 08:58ЖЧ-2026 саралаши. Норвегия Италияни сочиб ташлади 0 08:37"Эйндховен кубоги". Боксчиларимиз ўз иштирокларини бошлашди 0 23:32UFC 316 турнирининг барча иштирокчилари тарозидан ўтишди 0 18:38UFC 316. Шон О'Мэлли Мераб Двалишвилидан оғирроқ чиқди (ФОТО) 0

17 iyu 17:05
Yangiliklar

Tennis

O'zbekiston - Xitoy - 3:2. Do'stov terma jamoamizni pley-offga olib chiqdi

Teglar :  TennisDo'stovVu
Toshkentdagi Respublika Olimpiya zaxiralari tennis maktabida norasmiy jahon chempionati hisoblangan Devis Kubogi doirasidagi O'zbekiston hamda Xitoy terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakunlandi.

Hozirgina musobaqaning uchinchi kunidan o'rin olgan so'nggi beshinchi uchrashuv o'z yakuniga etdi. Unda mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Farrux Do'stov ajoyib va muhim g'alabani qo'lga kiritdi.

Xitoylik Di Vuga qarshi kortga chiqqan hamyurtimiz raqibini 7:6, 6:3, 7:6 hisobida dog'da qoldirdi. Bu bilan Do'stov terma jamoamizning umumiy 3:2 hisobidagi g'alabasini taminladi. Bundan avvalgi uchrashuvda mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin kutilmaganda Ze Jangga 6:3, 5:7, 6:2, 1:6, 4:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ygandi.

Bugungi g'alaba O'zbekiston terma jamoasini Jahon ligasiga o'tish uchun o'tkaziladigan pley-off uchrashuviga olib chiqdi. Tez orada terma jamoamizning bo'lajak raqibi qura tashlash yo'li bilan aniqlanadi. Terma jamoamiz to'qqizinchi marotaba jahon ligasiga chiqish uchun urinib ko'radi. 


Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing