So’nggi yangiliklar

13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0

09 jan 21:47
Yangiliklar

Xokkey

O'zbekiston xokkeyining bayroqdori - "Humo" 5 yoshda!

Teglar :  Humo
2018 yilning 15 yanvarida Toshkentning "Humo" xokkey klubi rasman ro'yxatdan o'tdi.

Besh yil ichida klub birinchi yutuqlarga erishib, o'sishni va rivojlanishni boshladi. Birinchi 2018/2019 - mavsum O'zbekiston chempionatining doimiy mavsumida "Humo" birinchi o'rinni egalladi, ammo yarim finalda bo'lajak chempionlar - "Semurg'"ga mag'lub bo'lib, bronza medali sohibiga aylandilar.

2019/2020 - mavsumda "Humo" Oliy Xokkey Ligasi (hozirgi Butunrossiya xokkey ligasi)da ishtirok etdi. Noldan yig'ilishni boshlagan jamoa pley-off bosqichiga o'tib, birinchi turda liganing ko'pkarra chempioni - Neftekamskning "Toros"ini engib o'tdi. Jamoa, "Humo Arena" kabi OXLning yulduzchasi edi. Har bir o'yin muxlislar uchun haqiqiy bayram edi. Muxlislarning soni kundan-kun o'sib borardi. 

2020 yilning 4 mart kuni 1/8 bosqichning "Toros"ga qarshi oltinchi uchrashuvida 7267 nafar muxlis o'yinga tashrif buyurdi va "Humo" uchinchi marotaba OXLning rekordini yangiladi. Ammo pandemiya mavsumni yakunlashga yo'l bermadi.

Keyingi ikki yil davomida, malum sabablarga ko'ra, "Humo" professional darajadagi chempionatlarda ishtirok etmadi, lekin barcha etibor "Humo" bolalar xokkey maktabiga qaratildi. Yosh tarbiyalanuvchilar o'z uylarida ham, xalqaro musobaqalarda ham g'alabalarga erishishdi. Maktabning ikki jamoasi doimiy ravishda Qozog'iston chempionatida ishtirok etar edi. Bolalar jamoasi Bishkekdagi Qirg'iziston Prezidenti kubogida, shuningdek, o'z uylarida o'tkazilgan turnirlarda ishtirok etishdi.

2022 yilning iyul oyida "Humo" XK Qozog'istonning Pro Hokei Ligasy'da ishtirok etishi haqida xabar berildi. Jamoaga birinchi tarkibdan Roman Smiryagin, Javoxir Rasulov va Pavel Sinyavskiylar qaytdi. Katta xokkeyni sog'ingan muxlislar jamoaning yangi tarkibini ham yaxshi ko'rib qoldilar. Jamoa hozirda turnir jadvalida uchinchi o'rinni mustahkam egallab turibdi va rasman play-offga yo'l oldi.

Xulosa qilib aytish mumkin-ki, O'zbekiston xokkeyining bayroqdori, pandemiyaga qaramay, dastlabki besh yil ichida o'z taraqqiyoti uchun mustahkam poydevor yaratdi.

Tavallud ayyom muborak, "Humo"!

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing