So’nggi yangiliklar

13:16Илгиз Танташев бугунги ўйиндаги ҳакамлиги учун 1 баҳо олди 0 12:41"Оқ уй эффекти". Жастин Гэтжи учун 3,6 миллион долларлик шартнома ҳақида маълум қилинди 0 11:57Ўзбекистон Кубоги. Иккинчи кун 8 та вазнда ғолиб ва совриндорлар аниқланди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 11:31SuperUnited Rapid & Blitz Croatia 2026. Нодирбек блицда ҳам, умумий рўйхатда ҳам 2-ўринга кўтарилди! 0 10:55Мбаппе футбол тарихида ҳеч кимга насиб этмаган ЖЧ рекордини ўрнатди 0 10:26"У етарлича ақлли жангчи". Волкановски Макгрегор — Холлоуэй жанги ҳақида фикр билдирди 0 09:57Усикнинг Уайлдер билан жанги Дана Уайтнинг промоушенида ўтказилиши мумкин 0 09:33Тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи IBA Nomad 15 турнирида жанг қилди 0 18:24Гринвуд А Серияга йўл оладими? 0 17:57Дональд Трамп Оқ уйда Жастин Гэтжи ва унинг оиласини қабул қилди + ФОТО 0 17:22Нодирбек Абдусатторов — FIDE блиц рейтингида жаҳоннинг иккинчи шахматчиси! 0 16:56Забит жиддий жароҳат сабаб Рауль билан жанг қилмайди, унинг ўрнини укаси эгаллайди (ФОТО) 0 16:33Модрич "Милан" билан янги шартнома имзолашга яқин 0 16:02Макс Холлоуэй жанг олдидан Конор Макгрегорга мурожаат қилди 0 15:29SuperUnited Rapid & Blitz Croatia 2026. Нодирбек Абдусатторов рапид турнирини Топ-3`да якунлади 0

27 iyu 14:03
Yangiliklar

Futbol

O'zbekistonda 15 avgustgacha futbol to'xtatildi

Teglar :  Futbol
Karantin talablari kuchaytirilayotganidan kelib chiqib, O'zPFL o'z musobaqalarini tartibga solib keldi.

Bunda tashkilot birinchi galda klublar duch kelishi mumkin bo'lgan muammolar hamda futbolchilar salomatligi masalasini birinchi o'ringa qo'ydi. 

Birinchi galda Birinchi liga va Ayollar chempionati musobaqasi, keyinroq esa futzal chempionati nomalum muddatga qoldirildi. Coca Cola Superliga hamda Pro liga musobaqasi esa davom ettirildi. Orada virus yuqtirib olgan futbolchilar aniqlangach, O'zPFL har ikki musobaqani avgustga qadar to'xtatishga qaror qildi.

Bugun — 27 iyul kuni O'zbekiston futbol associaciyasi respublikada karantin talablari 15 avgustga qadar uzaytirilganidan kelib chiqib, mana shu muddat davomida futbol uchrashuvlarini o'tkazmaslik bo'yicha tavsiya xatini taqdim etdi. Yani, terma jamoalar uchun masul tashkilot ham futbolchilar salomatligi masalasini birinchi planga olib chiqdi.

O'z navbatida O'zPFL ham mavjud holat, qolaversa, futbolchi va murabbiylar bilan bog'liq sharoitlar, mamlakatimizda hukm surayotgan karantin davri hamda undagi murakkabliklarni inobatga olib, barcha futbol musobaqalarini 15 avgustga qadar qoldirdi. Barchamiz uchun sog'ligimiz birinchi o'rinda. 

Musobaqaning qay tariqa tiklanishi, taqvim va format qay ko'rinishda bo'lishi masalasiga keyinroq oydinlik kiritiladi. O'zPFL og'ir sharoitda barcha yurtdoshlarimizga sabr, matonat va salomatlik tilaydi.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing