So’nggi yangiliklar

19:10Ўзбекистонлик ҳакамлар ОЧЛ-2 доирасидаги баҳсни бошқаради 0 18:47Доғистон - Ирландия! Хабиб ва Конор PFL'да ўзаро тўқнаш келишадими? 0 18:24Усик Фьюри билан жанг ҳақида: "Бир ой қолди" 0 18:01Йўғе?! Жейк Пол акаси Логан билан жанг қилишга тайёрлигини айтди 0 17:39"Кимгадир ёқар лола, ким атиргул шайдоси". Дунё юлдузлари қайси жамоаларга мухлислик қилади? 0 17:17UFC 309 турнирида жанг қилган юлдузлар қанча муддатга тиббий дисквалификация олгани маълум 0 16:54Пол Тайсон билан жангда 90 миллион ишлаб олгани ҳақидаги миш-мишларга жавоб берди 0 16:25Катталар ўртасидаги Ўзбекистон чемпионатининг илк кунги саралаш баҳсларидан ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:04Сан-Марино терма жамоаси ЖЧ-2026га йўл олиши мумкин. Қандай қилиб?! 0 15:43IBF'нинг янгиланган рейтингида бир нафар боксчимиз қолди 0 15:22"Мераб Умар билан жангдан қочмоқда" - Петр Ян 0 15:01Ҳумоюн Султонов Калабурагида 1/4 финалга чиқди 0 14:40Клопп фаолиятини умуман кутилмаган жамоада давом эттириши мумкин 0 14:19Тайсон - Пол жангида рекорд ўрнатилди - Netflix 0 13:58"Нурмагомедов чемпионлик жангига лойиқ эмас" - Петр Ян 0

27 iyu 08:40
Yangiliklar

Eshkak eshish

O'zbekistonda baydarka va kanoeda eshkak eshishning rivojlanish tarixi (1-qism)

O'zbekistonda eshkak eshish 1935 yildan rivojlana boshlagan, ammo u 1955 yilda sobiq Ittifoq xalqlari yozgi spartakiadasi dasturiga kiritilganidan so'ng tan olindi.

O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport qo'mitasi Qoraqalpog'istonda eshkak eshish sportini rivojlantirishga qaror qildi. Toshkentdagi zavodlarda ishlagan va Rossiyada eshkak eshish sirlarini puxta o'rgangan V. I. Grachev va K.V. Dergachev I Spartakiadaga tayyorgarlikni boshqarishgan. O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport qo'mitasining qo'llab-quvvatlashi bilan Mitrofanov boshchiligida “Pishevik” (Paxtakor), «Spartak» va «Torpedo» jamoalarining tayyorgarlik ko'rishiga yordam ko'rsatildi. Sport qayiqlari sotib olindi. Asosiy mashg'ulot Qora-Qamish suv ombori va Anhor daryosi quyi qismi bo'lgan “Komsomol” ko'lida o'tkazildi. U erda 1956 yil may oyida O'rta Osiyo va Qozog'iston respublikalarining mintaqaviy musobaqalari bo'lib o'tdi.

1958 yilda birinchi Respublika chempionati o'tkazildi. Keyinchalik sport ustasi N.V. Denisov boshchiligidagi milliy terma jamoa asosan II va III toifadagi eshkak eshuvchilardan iborat bo'ldi. Sportni behad sevadigan, hayotini u bilan bog'laydigan odamlar eshkak eshishni o'rgana boshladilar, ular asosiy ishini mashg'ulot bilan birlashtirib, baydarka va kanoeda eshkak eshish texnikasini o'zlashtirdilar. Sportning ushbu turi bo'yicha birinchi kashfiyotlar suzish sportidan o'tgan B. Ismoilov, engil atletikachilar B. Polyakov va B. Bondarev edi. Inventarlar etishmasdi, ular o'zlari qayiqlarni tamirlardilar, bir-birlariga o'rgatardilar.

SSSR xalqlarining II Spartakiadasiga tayyorgarlikni Leningraddan kelgan sobiq Ittifoq chempioni N.V. Denisova-Sodiqova olib bordi. Keyin tayyorgarlik jarayoniga uning eri, Dushanbe shahridagi jismoniy tarbiya institutini tamomlagan, Bekobod shahrida istiqomat qiluvchi G'ulom Sodiqov qo'shildi. Respublika chempionati natijalari terma jamoani to'ldirish uchun asos bo'ldi. Kanoechilar etishmasdi, spartakiadada ishtirok etuvchi jamoani deyarli noldan boshlagan baydarkachilar safidan to'ldirish kerak edi.

1959 yilda Moskvada Ximki suv omborida o'tkazilgan sobiq SSSR xalqlarining II Spartakiadasida O'zbekiston delegaciyasi umumjamoa hisobida 13-o'rinni egalladi. O'zbekistonlik eshkak eshuvchilarning eng yaxshi chiqishi Raisa CHerkasovada (Toshkent) bo'lib, u 500 metr masofaga kechgan yakkalik baydarkachilar bahsida 6-o'rinni egalladi.

Kerakli tajriba va bilimlarga ega bo'lgan holda murabbiylar mashg'ulot jarayonini sezilarli darajada yaxshiladilar va ROSMM va Toshkentdagi bolalar sport maktabida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'limlari ochila boshlandi. Bekoboddagi Farhod suv omborida G'.Sodiqov rahbarligida eshkak eshish bo'limi ish boshladi. Keyinchalik, 1961 yilda, Sirdaryo bo'yida eshkak eshish bazasi qurilishi tugallandi. Baza tayyorgarlik ko'rish uchun barcha talablarga javob berardi: katta suv, qayiqlarni saqlash uchun elling, ustaxona va murabbiylar xonalari.

1960 yilda yoshlar o'rtasida o'tkazilgan SSSR chempionatida toshkentlik V. Krasnikov «Burevestnik» ko'ngilli sport jamiyati jamoasi sharafini himoya qilib, 4x500 m masofadagi estafetada 1-o'rinni egalladi. Bu O'zbekistondan bo'lgan butunittifoq musobaqalarining (ushbu sport turida) birinchi g'olibidir. Boku shahrida maktab o'quvchilarining spartakiadasida toshkentlik G.Boguslavskaya yakkalik baydarkada 500 m masofada 3-o'rinni qo'lga kiritdi.

I Spartakiadada O'zbekiston jamoasi 15-o'rinni band etgan bo'lsa, II Spartakiadada O'zbekiston eshkak eshuvchilar jamoasi 13-o'ringa ko'tarilib olishdi.

1961 yilda Kasaba uyushmalari spartakiadasida O'zbekiston jamoasi 12-o'rinni egalladi.

1962 yilda II talabalar o'yinlarida toshkentlik eshkakchilar birinchi, ikkinchi va to'rtinchi o'rinlarni bo'lishib oldilar. Toshkentlik eshkak eshuvchilar B. Polyakov va N. Zaynulin birinchi marotaba sport ustaligi talablarini bajarishdi. Eshkak eshish marafonida esa Toshkent shahri terma jamoasi 7-o'rinni egalladi.

1963 yilda SSSR xalqlarining III Spartakiadasiga tayyorgarlik ko'rish barcha o'zbekistonlik eshkak eshuvchilar hayotidagi muhim voqea bo'ldi. Spartakiada yilida o'zbekistonlik eshkak eshuvchilar bir qator yirik musobaqalarda qatnashdilar. Bu ularning darajalarini sezilarli oshirishga imkon berdi. Spartakiadada O'zbekiston jamoasi 12-o'rinni egalladi. R. CHerkasova, N. Ustyanceva (Toshkent) juftlik baydarkachilar bahsida (500 m) ettinchi bo'lib marraga etib kelishdi.

O'zbekistonga Vladivostokdan kelgan spartakiada ishtirokchisi Yuriy Rodionov CHirchiq shahrida eshkak eshish bo'limini ochdi. SHuningdek, u shaharda eshkak eshish bazalari qurilishi tashabbuskori bo'lgan.

1966 yil kuzida Bekobod shahridagi ROSMM ochiq filialining baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'limi to'liq ishlay boshladi. Bu erda B. Polyakovning tavsiyasi bilan SSSR xalqlari II spartakiadasi ishtirokchisi B. Bondarev shahardan 8 km uzoqlikda joylashgan Farhod suv ombori bazasida ish boshladi.

1965 yilda Minskda bo'lib o'tgan IX maktab o'quvchilari sport festivali finalida mazkur dargohning birinchi qaldirg'ochi bekobodlik N. Tarnaushinko 500 metr masofaga kechgan yakkalik bahsi finalida qatnashdi.

SHu davrga kelib Toshkentdan 40 km uzoqlikda joylashgan Toshkent dengizida ushbu sportning rivojlanishi boshlanadi.

1967 yilda sobiq SSSR Xalqlarining IV Spartakiadasi final o'yinlariga tayyorgarlikni Minskdan kelgan V. Kornaushenko boshqargan. Spartakiadada jamoa 12-o'rinni egalladi. Eng yaxshi natijalarni ko'rsatgan to'rttalik baydarkada R. CHerkasova, A. Kalyagina, V. Parushina, N.Stacenko kvarteti 5-o'rinni egalladi. Armiya sportchilari V. Razlojko va V. Samadaev kanoeda 10 000 metrga poygada ham beshinchi bo'lishdi. B. Polyakov, V. Zaynulin, V. Zaxarov, V. Taryannikovlardan iborat jamoa 1000 metrlik masofadagi to'rttalik baydarka bahsida 8-o'rinni egalladi. Leningraddagi maktab o'quvchilarining X spartakiadasida murabbiy B.Bondarevning shogirdi V. Teterev (Bekobod) 1000 m masofada yakka kanoeda birinchi chempion bo'ldi. Teterev keyinchalik SSSR terma jamoasi safida bo'lajak etti karra Olimpiya chempioni I. Pacaykin (Ruminiya) bilan Vengriyada bo'lib o'tgan “Do'stlik” musobaqasida 5-o'rinni egalladi. U shu tariqa xalqaro musobaqalarda qatnashgan birinchi sportchi bo'ldi. O'shanda mamlakatimiz eshkak eshuvchilari N. Teshaboev va I. Kayzer juftlikdagi baydarkada 10-o'rinni egallashdi.

Niyozxo'ja Teshaboev nafaqat kanoeda eshkak eshish bo'yicha professional sportchi sifatida, balki milliy terma jamoa murabbiyi bo'lib ham ushbu sport rivojiga katta hissa qo'shmoqda. Uzoq vaqt davomida N. Teshaboev kanoe federaciyasida ijrochi direktor bo'lib ishlagan.

Davomi bor . . .

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing