So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

22 iyu 16:29
Yangiliklar

SHaxmat

O'zbekistonda shaxmat kuni nishonlandi

Teglar :  SHaxmat
“20 iyul Butunjaxon shaxmat kuni” sifatida 1966 yildan buyon nishonlanib keladi.

Ushbu kunni bayram sifatida nishonlanishi FIDEga asos solingan kun yani 1924 yil 24 iyul munosabati nishonlanadi. Ushbu bayram FIDEga azo federaciyalar yani 178 ta davlat keng nishonlanadi. Yunesko tomonidan ananaviy nishonlanadigan bayramlar qatoriga kiritildi. FIDEga azo mamlakatlarda ushbu kunda turli shaxmat tadbirlari jumladan, Rapid,Blic va Standart yo'nalishi bo'yicha musobaqalar, seanslar va boshqa tadbirlar tashkil etiladi.

Xalqaro shaxmat federaciyasi(FIDE)-shaxmat bo'yicha milliy federaciyalarni birlashtirgan xalqaro sport tashkilotidir. Federaciyaning asosiy maqsadi shaxmat sportini ommalashtirish, turli darajadagi sport musobaqalar va Jaxon chempionatlarini tashkil etishdir. FIDE o'z ramziga va bayrog'iga ega. SHiori-“Barchamiz-bir oilamiz” (lot. Gens una sumus). FIDEning shtab-kvartirasi Greciyaning Afina shahrida joylashgan. 1980 yildan YUNESKOning rasmiy  azosi. FIDEga turli xalqaro federaciyalar azo-jumladan, Xalqaro ko'zi ojizlar associaciyasi, Xalqaro xat orqali shaxmat o'ynash bo'yicha federaciyasi, xalqaro shaxmat matbuoti associaciyasi, xalqaro  shaxmat kompoziciyalari bo'yicha FIDEning doimiy komissiyasi va boshqalar.

FIDE tomonidan xalqaro shaxmat qoidalari joriy etilgan va ushbu qoidalar asosida sportchilar va hakamlar uchun xalqaro darajadagi toifalari yangilanib boriladi.

FIDE tomonidan har oyning boshida shaxmatchilarning reytinglari yangilanadi va rasmiy sayti orqali berilib boriladi. FIDEning rasmiy sayti www.fide.com.

O'zbekistonda ham ushbu shaxmat bayrami har yili yuqori saviyada nishonlanib keladi. Bu yil ham bayramni ko'tarinki ruhda o'tkazish maqsadida, O'zbekiston SHaxmat federaciyasi tomonidan shaxmat bo'yicha Respublika ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabida 22 iyul kuni bayram tadbir tashkil etildi. Tadbirda O'zbekiston SHaxmat Federaciya rahbarlari va ommaviy axborot vositalari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi. Matbuot anjumaniga yig'ilgan jurnalistlar o'zlarini qiziqtirgan savollariga shaxmat mutaxasislari tomonidan berilgan qoniqarli javoblarni oldilar. SHuningdek, matbuot anjumanida joriy yilning 26-29 iyul kunlari AQSHning Sent-Luis shahrida  bo'lib o'tadigan “MATCH OF THE MILLENNIALS” turniri haqida malumot berib o'tildi. Mazkur “ming yillik match”da AQSH terma jamaolari va Jahon terma jamoalari o'rtasida o'zaro match tashkil etiladi. Mazkur Jahon terma jamoasining 9 nafar ishtirokchilari tarkibida O'zbekistonlik sportchimiz Xalqaro toifadagi sport ustasi, 2 karra Jahon chempioni Nodirbek Abdusattorovning ishtirok etishi O'zbekiston uchun va O'zbekiston shaxmat federaciyasi uchun katta yutuq ekanligi etirof etildi.

Tadbirning yana etiborli jihatlaridan biri shaxmat bo'yicha Jahon chempioni,  Xalqaro grossmeysterimiz Rustam Qosimjonov ishtirokida turli sohada faoliyat ko'rsatayotgan soha vakillariga o'yin seanslari tashkil etildi. Ushbu o'yin seansi ishtirokchilar va boshqa shaxmat muxlislarida katta taassurot qoldirdi.



Tadbir davomida Respublika ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabining 15 nafar o'quvchilari uchun shaxmat bo'yicha Xalqaro Grossmeyster, Markaziy Osiyo chempioni, Jahon kubogiga yo'llanmani qo'lga kiritgan Vahidov Jaxongir ishtirokida o'yin seansi tashkil etildi. Seansda yosh iqtidorli shaxmatchilar Xalqaro Grossmeyster mahoratidan bahramand bo'ldilar.

SHuningdek, tadbir davomida Jahon va Osiyo chempionatlarida yuqori natijalarga erishgan professional shaxmatchilar va turli soha vakillari ishtirokida “Tanish chehralar” nomli shaxmat musobaqasi  bo'lib o'tdi. Musobaqada  professional shaxmatchilar uchun 3 daqiqa, xavaskor shaxmatchilar uchun 10 daqiqadan vaqt berildi. Musobaqada professional shaxmatchilardan Xalqaro grossmeysterlar: Marat Djumaev, Saidali Yuldoshev, Vahidov Toxir, Jahon chempionlari Abdusattorov Nodirbek, Yakubboev Nodirbek, Begmuratov Xumoyun, FIDE sport ustalaridan Sabirov Farxod, Nigmatov Ortiq, Abdisalimov Abdimalik, ayollar o'rtasida xalqaro grosmeyster Kurbonboeva Sarvinoz, Xalqaro toifadagi sport ustalari: Nodirjonova Nodira, Abdusattorova Bahora va Baymuratova Sevara va boshqa terma jamoa azolari ishtirok etadilar.

Musobaqada faol ishtirok etgan xavaskor va professional shaxmatchilar O'zbekiston shaxmat federaciyasi va homiylar tomonidan turli darajadagi diplomlar va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.  



Bugun bo'lib o'tgan o'yinlarda sovrindorlar ro'yxati quyidagicha ko'rinish oldi:

Havaskorlar:

1-o'rin: Asror Mo'minov
2-o'rin: Nosirjon Toshmatov
3-o'rin: Yusupov Murod


Professionallar:

1-o'rin: Ortiq Nigmatov (FIDE sport ustasi)
2-o'rin: Saidali Yo'ldoshev (Xalqaro grossmeyster)
3-o'rin: Tohir Vohidov (Halqaro grossmeyster)

SHuningdek, o'smirlar o'rtasidagi turnirda Nodirbek Abdusattorov birinchi o'rinni egallagan bo'lsa, fahriylar o'rtasidagi bahslarda esa Vladimir Egin tengsiz deb topildi.


O'zbekiston shaxmat federaciyasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing