So’nggi yangiliklar

19:44Ҳусанов "Манчестер Сити"да мавсум футболчиси бўлишга даъвогарлик қилмоқда 0 19:23"Америкалик ватанпарвар сифатида айтаманки - Чимаев ғалаба қозонганди" - Сехудо 0 19:02"Ҳар бир ҳақорат учун жавоб берасан!". Имавов Стриклендга мурожаат қилди 0 18:41Инсайдер Макгрегорнинг кейинги жанги деярли аниқ эканлигини айтди 0 18:20Энцо Мареска "Ман Сити"да Хосеп Гвардиола ўрнини эгаллаши ҳақидаги саволга жавоб берди 0 17:59Арман Царукян Хамзат Чимаевни мағлуб этгани учун 50 000 доллар тўлайди 0 17:38Белал Муҳаммад: "Чимаев улар туфайли мағлуб бўлди" 0 17:17"Уни фоҳиша дейишимни истайсизми?" Ронда Роузи Карано билан жанг ҳақида фикр билдирди 0 16:56Моуринью "Реал"га иккита талаб қўйди: Мбаппенинг тақдири маълум 0 16:35Чимаев мағлубиятидан кейин UFC`нинг энг яхши жангчилари рейтингида яхшигина пастлади 0 16:25UFC Нурсултон Рўзибоевнинг жангини расман эълон қилди (+ПОСТЕР) 0 16:14Навоийда белбоғли кураш бўйича мамлакат чемпионати ўтказилади 0 15:53Волковда UFC чемпионлиги учун жанг ҳақида кутилмаган тан олиш 0 15:32Флик чемпионлик унвонидан сўнг "Барселона" билан янги шартнома имзолади 0 15:11Эргашев Ғиёсовнинг чемпионлик жанги ҳақида: "У мана шу жангини ютса..." (+ФОТО) 0

14 fev 17:57
Yangiliklar

Boshqalar

O'zbekistonda sport tashkilotlari endi bir yoqadan bosh chiqarib ishlaydi

Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi vazirlik darajasiga ko'tarilgach, MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov hamda sport sohasiga yangi tayinlangan vazir SHoakram Isroilov ikki tashkilot xodimlari ishtirokida yig'ilish o'tkazdi.

Qishki Olimpiadaning ochilish marosimida ishtirok etish uchun Pxyonchxanga borgan, keyinroq esa Janubiy Koreya madaniyat, sport va turizm vaziri bilan o'zaro hamkorlikda ishlash missiyasini hal qilish uchun Seulda bo'lgan MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov Toshkentga qaytishi bilan birinchi galda shu majlisni tashkil qildi. Bundan ko'zlangan maqsad, sport federaciyalari, olimpiya qo'mitasi hamda soha vazirligi o'rtasidagi uzviy bog'liqlikni yaratish va barchaning bir maqsad yo'lida birlashishini taminlashdan iborat edi. Tokio—2020 Olimpiadasiga jiddiy tayyorgarlik ko'rilayotgani inobatga olinsa, o'zaro hamjihatlik muhim ahamiyat kasb etadi. 

MOQ prezidentligidan tashqari, O'zbekiston futbol associaciyasining birinchi vice-prezidenti sifatida faoliyat olib borayotgan Umid Ahmadjonov Janubiy Koreyaga jo'nab ketishi oldidan ikki tashkilot o'zaro hamkorlikda ishlashini taminlagandi. Bunda nafaqat matbuot xizmatlari, balki barcha bo'limlar bir maqsad yo'lida birlashishi talab etildi. Endi esa Jismoniy tarbiya va sport vazirligi ham bu ishga bosh-qosh bo'ladi. 

Sport vaziriga aylangan SHoakram Isroilov va MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov bunga qadar ham o'zaro hamjihatlikda faoliyat yuritib kelgani sir emas. Bu munosabatlar ikki alohida tashkilotning bir maqsad yo'lida birlashishida ham as qotishi shubhasiz. Bungacha mazkur ikki tashkilotning birinchi vice-prezidentlari bo'lgan Oybek Kasimov hamda Iskandar Jo'raevning o'zaro o'rin almashishi ham shu yo'lda xizmat qiladi. Ular bir-biri bilan uzviy bog'liqlik hosil qilishi ko'zda tutilgan. 


Umid Ahmadjonov yig'ilish maqsadini xodimlarga tushuntirar ekan, O'zbekiston Prezidenti SHavkat Mirziyoevning bu boradagi alohida topshirig'iga urg'u qaratdi. SHu kunga qadar sportni rivojlantirish borasida bir qator qaror va farmonlarga imzo chekkan SHavkat Miromonovich, barcha sohalarda bir yoqadan bosh chiqarib, vijdon bilan ishlash kerakligini takidlab keladi. Sportdagi ketma-ket o'zgarishlarda ham mana shu falsafa yotibdi deyish mumkin. Endilikda futbol associaciyasidan tortib, sport vazirligiga qadar, MOQ tasarrufida bo'lgan barcha federaciyalar ham hamkorlik qiladi. Maqsad mamlakat sportini ko'tarish, soha muammolariga birgalikda echim izlash, undagi illatlarni tozalash va bir joyda depsinib turgan ishlarni to'g'ri yo'lga qo'yib, rivojlanish yo'liga tushib olish. Bu ishlar Tokio—2020 Olimpiadasi va undan keyingi yirik musobaqalar oldidan muhim qadamlardan biridir.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing