So’nggi yangiliklar

19:45Ислам Махачев нега Иэн Гаррига қарши жанг қилиш қийин бўлганини айтди 0 19:05“Арсенал” юлдуз вингерини фақат бир шарт билан сотишга тайёр 0 18:28"Гарри билан жанг Ислам фаолиятидаги энг оғир жанглардан бири бўлди" - Махачевнинг мураббийи 0 17:45"Нега у икки камарни ушлаб турибди?" Холлоуэй UFC 330'дан кейин Махачевга "тош отди" 0 16:23Темиров — Кавана: кучли зарба ва техник ақл тўқнашуви. Абу-Дабидаги жанг нимани ҳал қилади? (мутолаа учун) 0 15:49Роналду: “Эҳтимол, бу менинг футболдаги сўнгги йилим бўлиши мумкин” 0 15:22IBF рейтинги янгиланди. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:58Бадиий гимнастикачиларимиз Жаҳон чемпионатидаги иштирокини якунлашди 0 14:30Рамазон Темиров допинг текширувидан ўтди (ФОТО) 0 13:49Ироқ телеканали "Пахтакор" учрашувларини тўғридан-тўғри кўрсатишни бошлади 0 13:21Ислам Махачев кейинги рақиби сифатида кимни лойиқ кўришини айтди 0 12:45Дана Уайт Оқ уйда UFC турнирининг қайта ўтказилиши мумкинлиги ҳақидаги саволларга жавоб берди 0 12:19WBC рейтинги: 11 нафар боксчимизнинг рейтинги қандай? 0 11:53Варди фаолиятини Бразилияда давом эттириши мумкин 0 11:29Жанибек Алимханули WBO камари учун даъвогарга айланди 0

14 dek 12:42
Yangiliklar

Boshqalar

O'zbekistonda xokkey, figurali uchun va short-trek, kyorling, chang'i sporti federaciyalari ochiladi

Yurtimizda nihoyat qishki sport turlari rivojlanishiga oid qadamlar tashlanmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzurida joriy yilning 31 oktyabr kuni sport sohasini rivojlantirishga qaratilgan yig'ilishdagi topshiriqlarga asosan yurtimizda Olimpiya, shu jumladan qishki sport turlarini rivojlantirishga qaratilgan Prezident qarori loyihasi tayyorlanmoqda.

SHu yo'nalishda amalga oshirilayotgan harakatlar evaziga yaqin orada mamlakatimizda qishki sport turlari bo'yicha yangi federaciyalar ish boshlaydi. Milliy olimpiya qo'mitasida Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi, Milliy olimpiya qo'mitasi, O'zbekiston qishki sport turlari associaciyasi, soha mutaxassislari va homiy tashkilotlar vakillari ishtirokida aynan shu masalaga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi. 

Sir emaski, so'nggi yillarda qishki sport turlarida yurtimiz vakillari xalqaro maydonda maqtashga arzigulik natijalarga erisha olishmayapti. Norvegiyaning Lillexammer shahrida bo'lib o'tgan XVII qishki Olimpiya o'yinlarida Lina CHeryazova tomonidan qo'lga kiritilgan oltin medali evaziga O'zbekiston delegaciyasi qishki sport turlari anchagina taraqqiy etgan Belorus, Finlyandiya, Franciya, Gollandiya, Xitoy, Sloveniya, Buyuk Britaniya va Avstraliya kabi mamlakatlarni ortda qoldirib umumjamoa hisobida 67 mamlakat orasida 14-o'rinni egallagandi. 

Keyinchalik delegaciyamiz birorta qishki Olimpiya o'yinlarini o'tkazib yubormagan bo'lsada, afsuski to'rt yillikning eng muhim sport festivalida o'zbekistonlik sportchilar boshqa sovrinlarga ega chiqishmadi. SHu boisdan Milliy olimpiya qo'mitasi va Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi mamlakatimizda qishki sport turlarini jonlantirish, rivojlantirish va ommaviyligini oshirish tashabbusi bilan chiqishdi. 

Yig'ilishda qishqi sport turlari taraqqiyotiga turtki berish, kadrlar tayyorlash masalasini yo'lga qo'yish, ishni eng quyi bo'g'in – bolalar sportidan boshlash zarurligi takidlandi. Buning uchun tashabbus guruhi tashkil etildi. Ushbu guruh qishki sport turlari bo'yicha to'rtta mustaqil federaciya faoliyatini yo'lga qo'yish, professional mutaxassislarni ishga jalb qilish, federaciyalarning samarali faoliyat yuritishi uchun homiylar va sarmoyadorlarni taklif etish masalalari bilan shug'ullanadi. 

Yig'ilish davomida I. Djuraev, O. Kasimov, qishki sport turlari associaciyasi raisi X. To'laganov, etakchi mutaxassislar so'zga chiqishdi va sohani rivojlantirishning eng samarali va qulay yo'li borasida o'z takliflarini bildirishdi. Demak yaqin orada O'zbekiston xokkey federaciyasi, O'zbekiston figurali uchish va short-trek federaciyasi, O'zbekiston kyorling federaciyasi va O'zbekiston chang'i sporti federaciyalari o'z faoliyatini boshlaydi. Ushbu federaciyalar tarkibiga shuningdek, snoubord, tog' chang'i sporti, fristayl, tramplindan sakrash kabi sport turlari ham kiritiladi. 

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yilning 5 dekabr kuni elon qilingan “CHorvoq” erkin turistik zonasini tashkil etish to'g'risida”gi farmoniga ko'ra Toshkent viloyatining turistik salohiyatini yanada rivojlantirish hamda undan foydalanish samaradorligini oshirish, hududga xorijiy va mahalliy turistlarni keng jalb qilish uchun qulay sharoitlar yaratish, zamonaviy infratuzilmani jadal rivojlantirishni taminlash, ko'rsatilayotgan turistik, mehmonxona va transport xizmatlarini kengaytirish va sifatini oshirish kabi vazifalar belgilab berilgan. SHu munosabat bilan CHimyon tog' yon bag'rida yaqin kelajakda tog'-chang'i kurotini bunyod etish ham rejalashtirilmoqda. 

SHuningdek, poytaxtimiz markazida shahsan yurtboshimiz SHavkat Miromonovich Mirziyoev tashabbuslari bilan bunyod etilayotgan “Humo” ko'p tarmoqli muz saroyining qurib bitkazilishi ham mamlakatimizda qishki sport turlarining rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu muhtasham sport inshooti foydalanishga topshirilgach bu erda bir necha qishki sport turlari bo'yicha nufuzli musobaqalar, o'quv mashg'ulot yig'inlarini o'tkazish imkoniyati paydo bo'ladi. 

Tashkil etilayotgan federaciyalar oldiga qo'yilayotgan asosiy vazifalar eng avvalo qishki sport turlari bo'yicha bolalar va o'smirlar maktablari faoliyatini yo'lga qo'yish va shu orqali yosh avlodni tarbiyalash, raqobatni kuchaytirish va terma jamoamizga munosib nomzodlar saralab olish uchun klublar tashkil etish, hududlarda federaciyalar filiallarini ochish va joylarda muz saroylari, qishki sport turlari bo'yicha o'quv-mashg'ulotlar bazasini buyod etishdan iboratdir. 

Tabiiyki yurtimizda yangi federaciyalarning ish boshlashi qishki sport turlarini yanada rivojlantirish, uning ommaviyligini oshirish va xalqaro maydondagi yutuqlarimiz salmog'ini yuksaltirishga  xizmat qiladi.

Reyting:    

Fikrlar

   
14 dek 21:12:36
Jokovich
biatlon ham rivojlansin
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing