So’nggi yangiliklar

11:04Тони Кроос мураббийлик фаолиятини бошлаши мумкин 0 10:33Бугун ҳам Жаҳон чемпионатида тўрт нафар дзюдочимизга мухлислик қиламиз (Жуфтликлар) 0 10:02Пётр Ян: "Мовсарнинг Волкни мағлуб этиш учун иккита варианти бор" 0 09:31Асу Алмабаевнинг мураббийи UFC камари собиқ даъвогарига қарши жанг учун тайёргарлик режасини ошкор қилди 0 09:02Суперлига. Бугун Тошкент дербиси бор, "Пахтакор" пешқадамга айланиб оладими? 0 19:54Чемпион Сильва Шевченкога навбатга туришни таклиф қилди 0 19:23Арман Царукяннинг рақиби маълум, сана ва манзил ҳам + ПОСТЕР 0 18:52Ғалабалар сари бораётган ёшлар 0 18:21Гвардиола "Манчестер Сити"га қайтмоқда 0 17:50Кроуфордни қийнаган Исроил Мадримов беш йил ўтиб яна Тошкентда жанг қилади. Бу Исроил учун қанчалик аҳамиятли жанг? 0 17:19Сўнгги воқеалар фонида Жермелл Чарло Хайме Мунгияни жангга чорлади 0 16:48Стрикленд UFC’даги адолатсизликка ишора қилиб, боксга ўтиш ҳақида ўйлаётганини айтди 0 16:17"Радник" бош мураббийи: "Шукуровнинг трансфери клубимиз даражаси ўсганини кўрсатади" 0 15:46Хайме Мунгияга Ўзбекистонда жанг ўтказиш таклиф қилинди 0 15:15Пётр Ян қандай ҳолатда ярим енгил вазнда UFC камари учун жанг қилишини айтди 0

22 dek 14:02
Yangiliklar

Ot Sporti

O'zbekistonda Yilqichilik va ot sporti yanada rivojlanadi

Teglar :  Ot sporti
Poytaxtimizda O'zbekiston yilqichilik va ot sporti federaciyasi tomonidan mamlakatimizda yilqichilik va ot sporti istiqbollariga bag'ishlangan matbuot anjumani o'tkazildi.

Mamlakatimizda sportning barcha turlari, jumladan, Olimpiya o'yinlari dasturiga kiritilgan ot sportini ham jadal rivojlantirishga alohida etibor qaratilayotgani, nufuzli musobaqalarni xalqaro talablarga muvofiq tashkil etish, ot sportini milliy va zamonaviy turlari bilan uyg'un rivojlantirish, joylarda zamonaviy maktablar faoliyatini yanada kuchaytirishga qaratilayotgan ulkan etibor va g'amxo'rlik yuksak samaralar berayotgani takidlandi.

Yilqichilik va ot sportining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi avlod chavandozlarini tayyorlash va tarbiyalash, milliy ot sportining xalqaro dovrug'ini oshirish, aholining keng qatlamlari, ayniqsa, yoshlar o'rtasida ot sportini faol targ'ib qilish va ommalashtirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2017 yil 15 iyundagi O'zbekiston Respublikasida yilqichilik va ot sportini rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risidagi qarori bu borada muhim dasturilamal bo'lmoqda.

O'zbekiston yilqichilik va ot sporti federaciyasi tomonidan mazkur sport turining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga qaratilayotgan etibor yurtimizda zotdor otlarni etishtirish va parvarishlash, ot sporti tuzilmalarini zarur vosita va anjomlar bilan taminlash, joylarda zamonaviy maktablar faoliyatini yanada kuchaytirish, yosh chavandozlar bilan tizimli mashg'ulotlar olib borish, tajribali chavandozlarning xalqaro musobaqalarda munosib ishtirok etishiga erishish, nufuzli musobaqalarni xalqaro talablarga muvofiq tashkil etishga xizmat qilmoqda. Muntazam tashkil etilayotgan chempionat va birinchiliklar yosh sportchilarning tajriba va mahoratini oshirishga xizmat qilmoqda.

Sportchilar va hakamlarning tajriba va malakasini oshirish maqsadida joriy yil 16-19 oktyabr kunlari Evropadan kelgan mutaxassislar tomonidan seminar-treninglar tashkil etildi, 4 nafar hakamimiz xalqaro toifadagi hakam sertifikatini qo'lga kiritdi.

Davlatimiz rahbarining 2017 yil 9 martdagi O'zbekiston sportchilarini 2020 yil Tokio shahrida (Yaponiya) bo'lib o'tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o'yinlariga tayyorlashga oid qarori sportchilarimizning xalqaro miqyosdagi nufuzli musobaqalarga har tomonlama puxta tayyorlanishi va munosib ishtirok etishi, terma jamoalarni yangi istedodlar bilan boyitishda muhim omil bo'lmoqda. Buning samarasida chavandozlarimiz joriy yilgi sport musobaqalarida 19 oltin, 10 kumush va 14 bronza medalga sazovor bo'ldi.

Xalqaro ot sporti federaciyasi mamlakatimizda mazkur sport turini rivojlantirishga qaratilayotgan doimiy etibor, zamonaviy sport infratuzilmasi, har qanday nufuzli anjumanni yuqori saviyada tashkil etish bo'yicha yaratilgan keng imkoniyatlar va to'plangan boy tajribani hisobga olib, 2018 yilda sirtqi Jahon kubogi – "CHellenj" musobaqalarining final bosqichi mamlakatimizda bo'lib o'tadi.

Anjumanda ommaviy axborot vositalari xodimlarini qiziqtirgan savollarga javob qaytarildi. 

Javohir Toshxo'jaev, O'zA

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing