06 jan 09:44
Yangiliklar
SHaxmat
O'zbekistonlik 16 yoshli shaxmatchi Samarqanddagi JCHda eng katta apsetni amalga oshirdi
Xabaringiz bor, 2023 yilning 25-30 dekabr kunlari Samarqandda (O'zbekiston) shaxmatning rapid va blic yo'nalishlaridagi Jahon chempionati o'tkazildi.
Ahamiyatlisi, musobaqaning rapid yo'nalishida o'tkazilgan partiyalarda o'zbekistonlik shaxmatchi Guldona Karimova o'ziga xos natija qayd etdi.
Hamyurtimiz rapid yo'nalishida o'tkazilgan ilk tur bahsida rossiyalik 40 yoshli xalqaro grossmeyster Ekaterina Yubenni ustidan g'alaba qozondi. Yubennining rapid reytingidagi ochkolari soni 2252 tani tashkil etadi. 16 yoshli Guldona Karimova hisobida esa 1543 reyting ochkosi mavjud. Karimovaning bu g'alabasi rapid yo'nalishida o'tkazilgan turnirning "eng katta apseti" deb topildi.
Eslatib o'tamiz, rapid yo'nalishida ayollar o'rtasidagi bahslarda rossiyalik Anastasiya Bondaruk g'alaba qozongan edi.
Havola :
Manba : chess.com
Fikrlar