14 fev 20:30
Yangiliklar
Engil atletika
O'zbekistonlik engil atletikachilar Istanbuldagi musobaqada ishtirok etishadi
15 fevral kuni Turkiyaning Istanbul shahrida Bolqon Davlatlari Engil atletika federaciyalari associaciyasi(BDEAFA) ning XXV chempionatiga start beriladi.
Musobaqada BDEAFAga azo 20 va 2 mehmon davlat jamoalari ishtirok etadi. Ular: Albaniya, Avstriya, Azarbayjon, Bolgariya, Bosniya va Gercogovina, Xorvatiya, Kipr, Gruziya, Gretsiya, Isroil, Kosovo, SHimoliy Makedoniya, Moldova, CHernogoriya, Ruminiya, Serbiya, San Marino, Sloveniya, Turkiya, Ukraina hamda ikki mehmon - O'zbekiston va Qirg'iziston jamoalaridir. Mazkur chempionatda 24 turdagi dastur bo'yicha g'oliblar aniqlanadi.
Xitoydagi Osiyo hamda Jahon chempionatlari bekor qilinganligi tufayli qatnashuvchi barcha jamoalar turnirga asosiy tarkib atletlari bilan kelishi kutilmoqda.
Sarvinoz Raxmonqulova
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar