24 noy 19:30
Yangiliklar
Futbol

O'zbekistonlik futbolchi Italiya B seriyasiga yo'l olishi mumkin
"Bunyodkor" yarim himoyachisi Jasur Jaloliddinov Italiya B Seriya klubiga yo'l olish ehtimoli yuqori.
Jasur Jaloliddinov Italiya B seriyasi ishtirokchisi "Benevento"ga o'tadi. Uning harakatlari klub ustozi Filippo Inzagiga maqul kelgan. Qayd etish kerak, "Benevento" ayni paytda B Seriyada peshqadamlik qilmoqda va keyingi mavsumni A Seriyada boshlashi mumkin. Jaloliddinov bilan tuziladigan shartnoma esa kelasi yili yozda kuchga kiradi, deya yaqin manba tomonidan "Championat.asia" saytiga xabar berildi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Jasur Jaloliddinov The Guardian talqiniga ko'ra 2002 yilda tug'ilgan eng yaxshi futbolchilar qatoridan joy olgandi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar