01 jan 16:36
Yangiliklar
Futbol

O'zbekistonlik Osiyo chempioni Bangladesh klubiga o'tdi
"Buxoro" klubi hujumchisi Akobir To'raev legionerga aylandi.
Hamyurtimiz Bangladesh premer-ligasida ishtirok etuvchi "Rahmatgonj Muslim Friends Society" klubi bilan shartnoma tuzdi. Yakunlangan mavsumda ushbu klub Bangladesh chempionatida 13ta jamoa orasida 10-o'rinni egallagan edi.
Malumot uchun, 2019 yilgi Superligada To'raev 7ta o'yinda maydonga tushdi (1ta to'liq) va gol ura olmadi. Akobir To'raev 2012 yil Eronda o'tgan U-16 Osiyo chempionatida Dilshod Nuraliev boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi safida chempion bo'lgan edi. Finalda Yaponiya darvozasiga aynan To'raev gol urandi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar