18 jan 07:55
Yangiliklar
Tennis

O'zbekistonlik tennischi Australian Open asosiy to'riga chiqdi
Istedodli tennischimiz Sergey Fomin Avstraliya Ochiq chempionatining 18 yoshgacha bo'lgan o'smirlar o'rtasidagi musobaqasida asosiy to'r yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Fomin saralashning ilk bosqichida yaponiyalik Keysuke Saitoga qarshi kortga chiqib, raqibini 6:4, 4:6, 3:6 hisobida mag'lub etgandi. Bundan bir necha daqiqa avval u Janubiy Koreya vakili Xan Seon Yongni ham engdi.
Ayni paytda dunyo reytingida 999-o'rinni egallab turgan 16 yoshli tennischimiz koreyalik tennischidan 6:1, 3:6, 6:3 hisobida ustun kelib, musobaqaning asosiy to'riga yo'l oldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar