17 iyu 12:07
Yangiliklar
O'zbekistonlik triatlonchilar IRONMAN Astana 70.3 musobaqasida ishtirok etishdi
Unda dunyoning 50 ta mamlakatidan 1400 nafar triatlonchi, shu jumladan, 20 nafar professional sportchilar ishtirok etdi.
IRONMAN 70.3 Astana – Sobiq ittifoq hududida IRONMAN bo'yicha yagona musobaqa bo'lib, butun dunyodagi sportchilar ishtiroki uchun ochiq.
IRONMAN 70.3 Astana Nur-Sulton shahri chap va o'ng qirg'og'idagi diqqatga sazovor joylarni birlashtirgan Ishim daryosining go'zal manzarali joyida 1.9 km masofa suzish bilan boshlandi. Xuddi shu joyda IRONMAN Village, tranzit va finish maydonlari joylashdi. Suv harorati 23°S bo'ldi. Velosiped bosqichi ikki davradan iborat bo'lib, zamonaviy megapolisning ajoyib ko'rinishlari bilan yuqori sifatli yo'llar bo'ylab o'tkazildi: Ak-Orda, Vazirlar Mahkamasi, Parlament, "Nursulton Nazarboev" aeroporti. Bosqichda ko'tarilish balandligi 150 metrdan oshmadi. Marshrut imkon qadar qulay tarzda tashkil etildi, bu esa yuqori tezlikda natijalar ko'rsatish imkonini berdi. 21,1 km masofaga yugurish bosqichi Prezident bog'i va "Triatlon Park Astana" hududida bo'lib o'tdi.
Ishtirokchilar soni bo'yicha O'zbekiston uchinchi o'rinni egalladi (Qozog'iston va Rossiyadan keyin):O'zbekistonlik 20 nafar havaskor triatlonchilar musobaqada qatnashdilar. Takidlash joizki, sportchilarimizning ko'pchiligi ushbu masofani birinchi marta bosib o'tdi. Bundan tashqari, Irina SHeina va Anna Romanika IRONMAN 70.3 masofasini bosib o'tgan O'zbekistondagi birinchi ayollar sifatida tarixga kirdilar.
Alohida takidlab o'tish joiz, Andrey SHaripov 30-34 yosh kategoriyasida 4-o'rinni egalladi va 2020-yil 28-29 noyabr kunlari Taupo shahrida (Yangi Zelandiya) bo'lib o'tadigan 2020 IRONMAN 70.3 World Championship'da ishtirok etish uchun yo'llanmani qo'lga kiritdi.
Sportchilarimiz estafeta yo'nalishida ham yaxshi natija ko'rsatdilar: "I Love Supersport Uzbekistan" jamoasi estafetada uchinchi o'rin sohibi bo'ldi. SHuningdek, estafeta kategoriyasida O'zbekiston Triatlon Federaciyasi rahbariyatidan iborat jamoa va "Murad Buildings" kompaniyasi jamoasi ham ishtirok etdi.
2019 IRONMAN Astana 70.3 O'zbekistonlik ishtirokchilar ro'yxati
SHaxsiy ishtirok
- Aleksey Grigoriev
- Andrey SHaripov
- Anna Romanika
- Dmitriy Lozovoy
- Irina SHeyna
- Malik Karimov
- Marat Yo'ldoshev
- Mirxan Sagitov
- Timur Jangirov
- Umid Musaev
- Elyor Rustamov
Estafeta
UzTrianthlon:
- Alla Tishaeva
- Farrux Nosirov
- Jasur Tadjiev
Murad Buildings:
- Murodxon Nazarov
- Ruslan Galimzyanov
- Sanjar Ruzibaev
I Love Supersport
- Aleksandr Kurishov
- SHohruh Yunusov
- Doniyorxo'ja Hamroev
IRONMAN haqida malumot
Triatlon Ironman dunyodagi eng qiyin birkunlik musobaqalardan biri hisoblanadi. "IRONMAN" - eng nufuzli va eng murakkab musobaqa bu yil 41 yoshda. "Temir" poyganing barcha boshqa sport musobaqalaridan asosiy farqi shundaki, ishtirokchilar bir-birlari bilan kamroq raqobatlashadilar - har bir kishi o'zini engishni maqsad qiladi. Bu erda asosiy raqib - charchoq, asosiy ittifoqchi - jasorat. Ishtirokchining nechanchi bo'lib finishga kelgani muhim emas, asosiysi - masofani oxirigacha engib o'tish.
IRONMANning rasmiy shiori "Anything is possible" (Har qanday narsa amalga oshirilishi mumkin). Rasmiy bo'lmagan shior - "Bir marta bosib o'ting va hayotingizning qolgan qismi bu bilan faxrlaning”.
IRONMAN tarixi
1978 yili Gavayi shtatida bo'lib o'tgan haryillik yugurish musobaqasining taqdirlash marosimida ishtirokchilar o'rtasida eng jasur va kuchli sportchi ekanligi haqida bahslar boshlandi: yuguruvchi, suzuvchi yoki velosipedchilar?
Dengizchi va bahsning asosiy ishtirokchilaridan biri bo'lgan Jon Kollins, shubhasiz, bu velosipedchilar ekanliklarini aytdi. Sport Illustrated gazetasida belgiyalik velosipedchi Eddi Merksga bag'ishlab chop etilgan maqolada u dunyodagi eng yaxshi tayyorlarlikka ega sportchi sifatida etirof etilgan, chunki u eng yuqori darajada kislorod istemol qilgan.
Buni sinab ko'rish uchun uchun Kollins har yili Gavayida o'tkaziladigan uchta musobaqani birlashtirishni taklif qilgan: Waikiki Roughwater Swim (3,862 km) ochiq suvda suzish, Around-Oahu velosiped poygasi (185 km, dastlab ikki kunda o'tkazilgan) va Honolulu marafoni (42,195 kilometr).
Kollins hisob-kitoblariga ko'ra, agar velopoyga masofasini 4,8 kilometrga qisqartirib orol atrofida soat yo'nalishi bo'yicha harakatni yo'lga qo'yilsa, marshrut suzish masofasining oxirida boshlanadi va Honolulu marafonining ananaviy boshlanish nuqtasi bo'lgan Aloha binosi yaqinida yakunlanadi.
"Va birinchi marta shu masofani bosib o'tgan kishi IRONMAN nomiga sazovor bo'ladi", dedi Kollins. Va yangi musobaqa g'oyasi ishtirokchilar tomonidan katta qiziqishga sabab bo'lmaganiga qaramasdan, Jon va uning rafiqasi Judi dunyodagi eng murakkab va qiyin startga tayyorgarlikni boshladilar. Bugungi kunda IRONMAN triatlonlari dunyoning o'ndan ziyod mamlakatlarida o'tkaziladi, lekin asosiy yillik butunjahon chempionati, bundan 41 yil muqaddam bo'lgani kabi, Gavayida bo'lib o'tadi.
IRONMAN70.3
Ironman 70.3 seriyali poyga o'tkazilishi 2005-yildan boshlangan. Iromanning yarmini tashkil etuvchi qisqaroq masofa: 1,2 mil (1,9 km) suzish, 56 mil (90 km) velopoyga va 13,1 mil (21,1 km) yugurish. "Half Ironman" - "temir masofasining yarmi" degan nom bilan mashhur. Dunyoning turli burchaklarida o'tkaziladi.
Fikrlar