So’nggi yangiliklar

19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0

01 sen 17:10
Yangiliklar

Boks/MMA

O'zbekistonlik UFC sobiq jangchisi jarohat tufayli faoliyatini yakunlashi mumkin

Teglar :  Zarruh Adashev
Eng engil vazn toifasida o'zbekistonlik UFC sobiq jangchisi Zarruh Adashev (5-4) jarohati tufayli faoliyatini davom ettira olmasligi mumkin.

So'nggi bor o'tgan yili jang qilgan Zarruh Adashev iyun oyida elon qilgan postida, sentyabr yoki dekabr oylarida navbatdagi jangini o'tkazishi mumkinligini aytgan edi. Biroq hamyurtimizning malum qilishicha, uning jang qilishiga jarohat to'sqinlik qilmoqda:

"Bu 50 ga 50 holat. Menda jarohat bor va bu nerv to'qimalariga tasir qilishi mumkin ekan. SHifokorning aytishicha, agar men dekabr oyida jang qilib, boshimga og'ir zarba o'tkazib yuborsam, falaj bo'lib qolishim ham mumkin ekan. SHuning uchun men bu jangda tavakkal qilgim kelmadi. Avval shifokor bilan jarohat borasida yaxshilab gaplashib, keyin kareram bo'yicha qaror qabul qilaman. Agar sportni tashla, deyishsa, tashlash kerak bo'ladi. Davom ettiraver deyishsa, In SHa Alloh davom ettiraman. Ko'ramiz. To'g'risini aytsam, mening o'zim yana jang qilishni xohlayman", - dedi Adashev.

Malumot uchun, Zarruh Adashev 2020-2022 yillar oralig'ida UFC'da to'rtta jang o'tkazgan va ularning bittasida g'alaba qozongan, uchta jangda mag'lubiyat alamini totib ko'rgan. SHuningdek, Zarruh Adashev Bellator ligasida ham uchta jang o'tkazib, ularning barchasida zafar quchgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing