So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

04 may 12:12
Yangiliklar

SHaxmat

O'zbekistonlik yosh shaxmatchilar jahon chempionatida ikkinchi o'rinni egalladi

Teglar :  SHaxmat
Ruminiyada o'tkazilgan shaxmat bo'yicha maktab o'quvchilari o'rtasidagi jahon chempionatida mamlakatimiz yosh shaxmatchilari munosib ishtirok etdi.

Qirqdan ziyod davlat vakillari qatnashgan nufuzli musobaqaning standart shaxmat bo'yicha bahslarida terma jamoamiz azolari uchta oltin medalni qo'lga kiritdi, blic musobaqada esa bittadan oltin va kumush medalga sazovor bo'ldi. 

Standart shaxmat bo'yicha etti yoshgacha o'g'il bolalar o'rtasidagi bahslarda Humoyun Begmurodov to'qqiz partiyaning birontasida mag'lubiyatga uchramay, 8,5 ochko jamg'argan holda shohsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarildi. Humoyun ruminiyalik Teodor Dodoy, Stefan Nika, turkiyalik Otabey Oyxon, gruziyalik Beka Cverava, ozarbayjonlik Ziyo Mammadov, qirg'izistonlik Sultay CHingiz, rossiyalik Lev Zverev va ukrainalik Mixayl Karateev ustidan g'alaba qozonib, mo'g'ulistonlik Ganganbars Zev bilan durang o'ynadi. 

O'n besh yoshgacha sportchilar bahsida shaxmatchimiz Nodirbek Yoqubboevga teng keladigani topilmadi. U shri-lankalik Denuvan Tikshana, turkmanistonlik Ozod Nurmamedov, Sulton Miradov, moldovalik Ilie Martinovichi, ruminiyalik Jorj Stoleriu, David Gavrilesku, ukrainalik Dmitro Gayunni mag'lubiyatga uchratib, ozarbayjonlik Murod Ibrohimli bilan durang o'ynadi. 7,5 ochko jamg'argan Nodirbek jahon chempionatining oltin medaliga sazovor bo'ldi. 

To'qqiz yoshgacha qizlar musobaqasi esa iqtidorli shaxmatchimiz Afro'za Hamdamova g'alabasi bilan yakunlandi. Afro'za to'qqiz partiyaning ettitasida g'alaba qozonib, bittasida durang natija qayd etdi va 7,5 ochko bilan maktab o'quvchilari o'rtasida jahon chempionligini qo'lga kiritdi. SHuningdek, A.Hamdamova blic turnirda ham birinchi o'rinni egalladi. 

To'qqiz yoshgacha sportchilar o'rtasidagi blic turnirda qatnashgan Alixon Avazxonov kumush medal bilan taqdirlandi. 

Umumjamoa hisobida terma jamoamiz azolari ikkinchi o'rinni egalladi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing