31 okt 12:45
Yangiliklar
Futbol
O'zbekistonning JCH-2022ga chiqish imkoniyatlari sezilarli darajada oshishi mumkin
FIFA prezidenti Janni Infantino JCH-2022 ishtirokchilari soni oshishi mumkinligi haqida gapirdi.
"Biz jahon chempionati ishtirokchilari sonini 32tadan 48taga etkazishga qaror qildik va bu yangilik 2026 yilda kuchga kiradi. JCH-2022dachi? Buni ko'rib chiqyapmiz. Agar buning ilojisi bo'lsa, nega endi yo'q?
Biz buni baholab chiqishimiz kerak. Qatarlik do'stlarimiz va mintaqaning boshqa vakillari bilan buni muhokama qilyapmiz" - deydi Infantino.
1998 yildan beri jahon chempionatlari 32ta jamoa ishtirokida o'tmoqda.
Oldinroq, mundialda 48ta jamoa ishtirok etsa, Osiyodan 8,5ta jamoa JCHda qatnashishi mumkinligi elon qilingan edi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar