23 iyu 17:54
Yangiliklar
Pakyao tayboks bo'yicha ko'pkarra jahon chempioni bilan jang o'tkazadi
Filippinlik afsona tailandlik muaytay bo'yicha bir necha karra jahon chempioni Buakav Banchamekka qarshi jang o'tkazadi. Ushbu jang boks qoidalari asosida o'tkazilib, uch daqiqadan olti raund davom etadi. SHu kunlarda jang sanasi va manziliga rasman oydinlik kiritiladi.
Eslatib o'tamiz, Pakyao 2021 yilda professional boksdagi faoliyatini rasman yakunlagan edi. O'shanda u Yordenis Ugasga imkoniyatni boy berib qo'ygandi. Uning hisobida jami 62 ta jang bo'lib, 52 g'alaba, 8 mag'lubiyat va 2 ta durang bor. O'tgan yilning dekabrida u koreyalik bloger Di Key Yoga qarshi ko'rgazmali jangda ringga chiqib, ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongandi.
Banchamek esa o'zining muaytay, kikboksing va shutboksingdagi ishtiroklari bilan tanilgan. SHuningdek, u Gran-pri K-1 World MAX turnirining ikki karra g'olibi bo'lgan birinchi jangchi hisoblanadi.
Fikrlar