25 iyu 09:42
Yangiliklar
Para-atletikachilarimiz Tunis Gran-prisida ishtirok etishadi
Dunyoning eng sara para-atletlari bahs olib boradigan mazkur musobaqada terma jamoamiz vakillari ham ishtirok etishadi.
Delegaciyamiz bugun Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportidan Tunis safariga jo'nab ketishdi. Ushbu Gran-prida 12 nafar sportchi yurtimiz sharafini himoya qilishadi. Hamyurtlarimiz musobaqa doirasida uzunlikka va balandlikka sakrash, nayza otish, disk va yadro uloqtirish, 100 va 200 metrga yugurish sektorlarida bahs olib borishi belgilangan.
Ishtirokchilar mazkur turnir orqali yuqori natija qayd etib, Tokioda bo'lib o'tadigan Paralimpiya o'yinlariga yo'llanma beruvchi reytingga kirib olishi mumkin. SHu bois ham unda jahonning etakchi para-atletlari ishtirok etishi kutilmoqda.
Fikrlar