26 iyu 08:27
Yangiliklar
Para-atletikachilarimiz Tunisdagi musobaqadan medallar shodasi bilan qaytishmoqda
Musobaqada jahonning 20 mamlakatidan 180 nafarga yaqin sportchi ishtirok etdi. Unda 9 nafar O'zbekiston paralimpiyachilari ham sovrinli o'rinlar uchun kurash olib bordilar.
Etiborlisi, hamyurtlarimiz ushbu nufuzli turnirda 1ta oltin, 6ta kumush va 3ta bronza, jami 10ta medalni qo'lga kiritishdi.
Musobaqa yakuniga ko'ra, sovrindor sportchilarimiz ro'yxati quyidagicha ko'rinish oldi:
Doniyor Ahmedov
200 m. yugurish - 00:22.75 - oltin
100 m. yugurish - 00:11.38 - kumush
400 m. yugurish - 00:53.71 – bronza
Miran Saxatov
Uzunlikka sakrash - 5.58m. - kumush
Mirjalol Qurbonov
100 m. yugurish - 00:12.79 - kumush
Marufjon Murodullaev
400 m. yugurish - 00:52.02 – kumush
800 m. yugurish - 02:02.89 – bronza
1500 m. yugurish - 04:26.74 – bronza
Elbek Sultonov
Disk uloqtirish – 36,42 – kumush.
Yadro uloqtirish – oltin.
Qayd etib o'tish lozimki, Elbek yadro uloqtirishda Riodagi Paralimpiya o'yinlari g'olibi hisoblangan eronlik Saman Pakbazni ortda qoldira oldi.
Fikrlar