11 sen 18:44
Yangiliklar
Taekvondo, Paralimpiya
Para taekvondochilarimiz Osiyo ochiq chempionatida 11 ta medal qo'lga kiritishdi
Joriy yilning 7-10 sentyabr kunlari Livanning Bayrut shahrida para taekvondo bo'yicha Osiyo ochiq chempionati bo'lib o'tdi.
Unda ishtirok etgan terma jamoamiz azolari 3 ta oltin, 3 ta kumush va 5 ta bronza, jami 11 ta medal bilan umumjamoa hisobida 22 davlat orasida 2-o'rinni egallashdi.
Terma jamoamiz murabbiyi Bobur Qo'ziev esa musobaqaning eng yaxshi murabbiyi sifatida etirof etildi va maxsus kubok bilan taqdirlandi.
Oltin
1. Javohir Aliqulov (-70 kg)
2. Asad Toshtemirov (-80 kg)
3. Guljanoy Naimova (+65 kg)
Kumush
1. Qudrat Xaydarov (-63 kg)
2. Asad Anvarov (+ 80kg)
3. Kamola Juraeva (-57 kg)
Bronza
1. Kudratillo Sunnatov (-58kg)
2. Zuxriddin Toxirov (-63 kg)
3. Asil Husanov (-70 kg)
4. Qudrat Muhammadiev (-80 kg)
5. Ziyoda Isoqova (-47 kg)
Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar