10 dek 19:42
Yangiliklar
Para taekvondochilarimiz yilni yuqori notada yakunlashdi
Ushbu musobaqada dunyoning 24 ta davlatidan jahon reytingida 1-8 o'rinlarda borayotgan 80 nafar sportchi ishtirok etdi. Etiborlisi, yilning so'nggi yirik turnirida O'zbekiston terma jamoasi azolari 3 ta medalni qo'lga kiritdi.
Jumladan, ayollar o'rtasida +65kg vazn toifasida Guljanoy Naimova oltin, -47 kg vazn toifasida esa Ziyoda Isoqova kumush medalga sazovor bo'ldi. SHuningdek, erkaklar o'rtasida -80 kg vazn toifasida Asad Toshtemirov ham kumush medal bilan taqdirlandi.
Takidlash kerakki, Ar-Riyod Gran-prisi g'oliblari Parij-2024 yozgi Paralimpiya o'yinlariga 100 reyting ochko, kumush medal sohiblari 60 ochko, bronza medal sohibi esa 40 ochkoga ega bo'ladi. Bundan tashqari, musobaqada qatnashgan sportchilarning barchasiga 20 reyting ochkosi taqdim etiladi.
Fikrlar