So’nggi yangiliklar

17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0

26 noy 16:30
Yangiliklar

Boshqalar

Paralimpiada-2020 olovi Londonda yoqiladi

Teglar :  Paralimpiya
Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya o'yinlari tashkiliy qo'mitasi Paralimpiya mashalasi estafetasi bo'yicha so'nggi tafsilotlarni omma bilan baham ko'rdi.

“O'z nuringni baham ko'r” shiori ostida o'tkaziladigan estafeta Paralimpiya o'yinlariga bo'lgan qiziqishni oshirish va bayramona muhitni yaratish maqsadida tashkil etiladi.

Olov yoqish mintaqaviy marosimlari Yaponiyaning 47 ta perefekturasida 2020 yil 13 avgustdan 21 avgustgacha jami 700 dan ortiq joylarda bo'lib o'tadi.

2020 yil 20 avgust kuni Paralimpiya harakatining ruhiy vatani bo'lgan Buyuk Britaniyadagi “Stok Mandevil” stadionida Paralimpiya olovini yoqish marosimi bo'lib o'tadi. Ushbu tadbirda paralimpiyachilar va jamoatchilikning minglab azolari Para sport turlari namoyishlari, olov bilan namoyish etiladigan ajoyib tomoshalar va boshqa tadbirlarga guvoh bo'ladilar.

Mintaqaviy olov yoqish festivallari va boshqa marosimlaridan tashqari, Paralimpiya tadbirlari o'tkaziladigan to'rt prefekturada mashala estafetalari o'tkaziladi. Yaponiya va “Stok Mandevilda” alanga olgan olovlar 21 avgust kuni Tokioda birlashtirilib, rasmiy Paralimpiya olovi yoqiladi. Paralimpiya mashalasi estafetasi final bosqichi to'rt kun davom etadi.

Hozirda olov yoqish marosimlari va estafetalar uchun nomzodlar tanlab olish jarayoni bo'lib o'tmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing