28 may 09:29
Yangiliklar
Paralimpiya afsonasiga haykal o'rnatildi + FOTO
SHaharga kiraverishda o'rnatilgan Siamand Rahmon haykalining tantanali ochilish marosimida Oshnaviex gubernatori va sportchining oila azolari ishtirok etishdi.
Siamand Rahmon 2020 yil 1 mart kuni o'ttiz bir yoshida yurak xuruji oqibatida vafot etgan edi. Siamand oyog'i xasta bo'lib tug'ilgani bois o'z mahoratini ushbu sportda namoyish etdi.
Pauerlifting qiroli 2012 yil London, 2016 yil Rio-de-Janeyroda bo'lib o'tgan Paralimpiya o'yinlarida chempionlik unvoniga ega bo'lgan. Bundan tashqari u so'nggi uch ParaOsiyo o'yinlarida (Guanchjou – 2010, Inchxon–2014 va Jakarta-2018) uchta oltin medalni qo'lga kiritgan.
Siamand Rahmonning nomi 2016 yildagi Paralimpiya o'yinlari musobaqalari tarixiga zarhal harflar bilan bitilgan. O'shanda u 310 kilogramm natija bilan o'zining rekordini birdaniga 10 kilogrammga oshirishga erishgan.
Rahmon Paralimpiya o'yinlarining uch karra chempioni bo'lish uchun “Tokio-2020”ga tayyorgarlik ko'rayotganida vafot etdi. Siamand Rahmon o'zi tug'ilgan Oshnaviex shahrida dafn qilingan.
Fikrlar