21 okt 09:11
Yangiliklar
Boshqalar
Paralimpiya. Dzyudo bo'yicha O'zbekiston kubogi o'tkazildi
Kecha Toshkent shahridagi Paralimpiya markazida paralimpiya sportchilari o'rtasida dzyudo bo'yicha O'zbekiston kubogi bo'lib o'tdi.
Ushbu musobaqa O'zbekiston Milliy Paralimpiya Associaciyasi tomonidan viloyatlardan selekciya qilingan sportchilarning jismoniy holati va texnik-taktik malakasini aniqlash, ko'zdan kechirish maqsadida tashkil qilindi.
Bahslarda 50 nafardan ortiq sportchilar, jumladan erkaklar -60, -66, -73, -81, -90, -100, +100 kg vazn toifasida, ayollar esa -48, -52, -56, -63, -70, +78 kg vazn toifalarida kurash olib bordilar.
Musobaqa yakunlariga ko'ra, umumjamoa hisobida Xorazm viloyati vakillari birinchi o'rinni egallashdi. Ikkinchi pog'onadan Qashqadaryo viloyati sportchilari joy olgan bo'lsalar, kuchli uchlikka Buxorodan tashrif buyurgan polvonlar yakun yasashdi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar