28 avg 18:23
Yangiliklar
Engil atletika, Tokio-2020
Paralimpiya o'yinlari rekordini yangilagan o'zbekistonlik sportchi yakunda medal qo'lga kirita olmadi
Tokio shahrida yozgi Paralimpiya o'yinlari davom etmoqda.
Para engil atletikaning F57 klassida nayza uloqtirish bahslarida ishtirok etgan hamyurtimiz Yorqinbek Odilov 47,52 metr natijani ko'rsatib, Paralimpiya o'yinlari rekordini o'rnatgandi.
Ammo undan keyingi chiqishlarda qatnashgan Ozarbayjon, Eron hamda Braziliya vakillari sportchimizdan o'tib ketishdi va afsuski Yorqinbek yakunda to'rtinchi o'ringa tushib ketdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar