So’nggi yangiliklar

19:05Ёқубов реванш учун Гаирбековга ўз гонорарини беришга ҳам тайёр 0 18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0

03 okt 13:24
Yangiliklar

Qiziqarli!, Paralimpiya

Paralimpiya sport turi haqida eshitmagan qiz kun kelib Paralimpiya o'yinlarida jahon rekordini yangiladi - Asila Mirzayorova haqida siz bilgan va bilmagan malumotlar

Asila Mirzayorova baxtsiz hodisa tufayli ko'rish qobiliyatini yo'qotgan bo'lsa-da, imkoniyatlarini yo'qotmagan.

Paralimpiya sportiga kirib kelganiga sakkiz yil bo'lgan. Lekin shu muddat ichida ko'pgina musobaqalar sovrindori, ikki marotaba Paralimpiya o'yinlarida ishtirok etib, yuqori natijani qo'lga kiritgan. Paralimpiya o'yinlarida jahon rekordini yangilagan Asila Mirzayorovaning hayot yo'llari haqida hikoya qilamiz.

Asila Mirzayorova 1999 yil 3 iyulda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida tavallud topgan. Oilada besh nafar farzandning to'rtinchisi edi. Musiqa maktabida pianino chalishni va raqs tushishni o'rgangan. Ukasi bilan birgalikda karate sportida ham o'zini sinab ko'rgan. Barcha qatori bu yorug' olamni ko'rib, tengdoshlari bilan maktabda talim olgan. 9-sinfni tugatish vaqtida yozda oromgohga borganida, turlicha o'yinlar bo'lgan. SHunday o'yinlar vaqtida to'satdan boshiga koptok kelib urilgan. O'shanda ko'zining ko'radigan to'r pardalari ko'tarilib, ko'zi xiralashib qolgan. 


"Qo'rqqanimdan uydagilarga aytmaganman. So'ng, maktabni tugatayotgan vaqtimda ota-onamga ahvolim yomonlashib borayotgani haqida aytganman. Keyin shifokorga olib borishgan. SHifokorlar operaciya qilamiz deyishgan. Afsuski, operaciya kutilgandek yaxshi chiqmadi. SHunday qilib, ko'zimning to'r pardalari ko'tarilib, ko'rish qobiliyati yo'qolgan. Stressga tushib qoldim. Yaxshiyam ota-onam, yaqinlarim ko'magi bilan yana hayotda yashashga bo'lgan ishonchim ortdi. Agar ular bo'lmaganida bilmadim, nima bo'ladi" - dedi Asila intervyulardan birida. 


Qiyinchilik - bu o'tmish uchun jazo emas, aksincha kelajak uchun sinovdir

Dadasi qizini tushkunlikdan chiqib ketishi uchun bor imkoniyatini ishga soladi. Parasportga olib boradi. Biroq bu Asilaning ko'ngliga og'ir botadi. "Men hali tuzalib ketaman, bormayman. Ichimda hali tuzalib, o'zim xohlagan marralarni zabt etib, hammani lol qoldiraman, deb o'ylardim", - dedi qahramonimiz.

"2016 yil Braziliyada o'tkazilgan yozgi Paralimpiya o'yinlari haqida eshitganimda menda ham qiziqish paydo bo'ldi. Dadam mana shu sportga kirib kelishimga sababchi bo'lganlar. Meni bu yo'nalishga qiziqtirgan qashqadaryolik sportchilar ham bor. O'zim rozilik bildirganman. Hatto, ko'rmasligim ham esimdan chiqib ketgan. Qashqadaryo paralimpiya qo'mitasiga borganmiz. Ular Toshkentni tavsiya qilishgan.

Osiyo o'yinlari uchun O'zbekiston terma jamoasiga saralash bo'lgan. Ko'nglimdan o'tkazganman. Ey Xudo, men ham qatnashamanmi? Niyat qilganman. Hozirgi murabbiyim Sardor Abduxoliqov meni intilishimni, qatiyatligimni, harakatimni ko'rib terma jamoa azosi qilib olganlar. Avvallari qadam tashlashga qo'rqardim. Dadam "Sardor aka, bizni Toshkentda yashashga uyimiz ham, kvartiramiz ham yo'q" deganlarida "Bunisidan xavotir olmang, mening uyimda yashaydi" deganlar".

"Murabbiyimning uyida yashaganman. Ular o'z farzandlaridek qabul qilishgan. Mashg'ulotga o'zlari olib kelib, o'zlari olib ketardilar. Kuniga ikki mahal mashg'ulotni bajarar edik. 25, 26 metrga ustozimning ovozini eshitib, sakrar edim. Bazida, qumga etmasdan ham sakrab oyoqlarim singan, gips bo'lgan.

Sabr - inson maqsadiga eng tez olib boradigan yo'l ko'rsatuvchidir. 2017 yil Osiyo o'yinlarida 100 metrga, 200 metrga yugurish, uzunlikka sakrash bo'yicha uchta oltin medalni qo'lga kiritganman. Sabr qilib yashadim, yanada go'zalroq  bo'lib qaytadigan narsalar uchun...


2018 yilgi Paraosiyo o'yinlari sovrindori. Muvaffaqiyat - bu kunlar davomida erishilgan kichik yutuqlarning jamlanmasidir

Asila Tokioda bo'lib o'tgan yozgi Paralimpiya o'yinlarida T11 toifasida uzunlikka sakrash bahslarida 4,19 metrga sakrab, kumush medal bilan kifoyalangan edi. Mirzayorova bu bilan chegaralanib qolmasdan, mehnat qilishdan bir zum ham to'xtamadi. CHunki boradigan yo'li aniq edi. Tinimsiz harakatlari tufayli 2023 yilda Parij shahrida Para engil atletika bo'yicha o'tkazilgan jahon chempionatida uzunlikka sakrashning T11 yo'nalishida 5,13 metr natija qayd etib, oltin medal sohibasiga aylandi. Uyqusiz tunlar va tinimsiz mehnat ortidan 2024 yilgi yozgi Paralimpiya o'yinlarida ishtirok etish uchun yo'llanmani qo'lga kiritdi.

"Men g'olib bo'lishga majburman! Raqibim kimligining ahamiyati yo'q - nima bo'lishidan qati nazar, degan so'zlar bir zum ham xayolimdan ketmadi. Raqiblar juda kuchli, sakkiztalikdan uchtalikka kirishning o'zi katta natija. 2024 yilgi Parij Paralimpiasida uzunlikka sakrash bahsida 5,22 metrga sakrab, 28 yillik rekordini yangiladi. Dunyo tarixida Paralimpiya o'yinlari rekordchisiga aylangan Asila Mirzayorova oltin medalni delegaciyamizga taqdim etdi. Muhimi - g'alaba. G'oliblar tarixda qoladi. Mag'lublar emas...

Material tayyorlashda Asila Mirzayorovaning Kun.uz, Daryo.uz saytlariga, shuningdek Jahongir Olimovga berilgan intervyularidan foydalanildi


Xurshida Abdusattorova tayyorladi


Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing