So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

28 mar 10:44
Yangiliklar

Boshqalar

Paralimpiyachilarimiz maxsus sport protezlari bilan taminlanishadi

Teglar :  Paralimpiya
O'zbekiston paralimpiya sportchilari Osiyo va Jaxon arenalarida o'z o'rniga ega bo'lgan sportchilardir.

Buni so'nggi Paralimpiya va Para Osiyo o'yinlarida vakillarimiz qo'lga kiritgan natijadan bilib olish qiyin emas. Yurtimizda paralimpiya sport turlarini yanada rivojlantirish va xalqaro tashkilotlar bilan mustahkam aloqalarni o'rnatish maqsadida O'zbekiston Milliy Paralimpiya Associaciyasi rais o'rinbosari Abror Niyazov va engil atletika bo'yicha milliy paralimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Sardor Abduxolikov bugun «OTTOBOCK» kompaniyasi (Germaniyaning imkoniyatlari cheklangan insonlar uchun maxsus sport protezi ishlab chiqaruvchi yirik kompaniya) mutaxassislari Tomas Domling hamda Anatoli Tirikni qabul qilishdi.

Muzokara davomida «OTTOBOCK» kompaniyasi mutaxassisi Anatoli Tirik paralimpiya sportchilarining natijalarini yanada yaxshilash borasida o'zlari tayyorlab kelgan dasturni taqdim etdi. Xorijlik mutaxassislar kompaniya tomonidan ishlab chikarilgan qurilmalarni paralimpiyachilarimiz 3 kunlik dastur amaliyotida qo'llab ko'rish imkoniyatiga ega bo'lishlarini takidlashdi.

Suhbat yakunida mehmonlarga associaciya tomonidan esdalik sovg'alari topshirildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing