So’nggi yangiliklar

11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 09:34Уиттакер Гусков билан жанг ҳақида: "Ур ва ўтказиб юборма!" 0 09:03Жейк Полнинг рақиби GLORY собиқ чемпиони бўлади 0 08:32RAF лигасида россиялик спортчиларнинг иштироки ҳақида расмий баёнот берилди 0 08:01Элит ОЧЛ. "Ал Қодисия" 5 та гол урди, "Ал Айн" меҳмонда Саудия жамоасини мағлуб этди ва бошқа натижалар + ВИДЕО 0 21:04WTA рейтинги янгиланди. 22 поғона юқорилаган Раҳимова энди дунёнинг 44-ракеткаси! 0 19:10"Жангимиз тарихдаги энг буюк тўқнашувлардан бири бўлади". Дэвид Бенавидес Усик билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 18:29Хамзат Чимаев қачон UFC октагонига қайтишини айтди 0 17:52"Бавария" Компанига нисбатан ғалати қоида жорий қилди 0 17:01"Худди биринчи чемпионлик камаримни қўлга киритгандек бўлдим". Альварес WBC’нинг иккинчи ўрта вазн чемпиони бўлгани ҳақида 0 16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0

09 sen 23:36
Yangiliklar

Paralimpiya

Paralimpiyachilarimiz tantanali kutib olindi, qahramonlarimiz pul, xonadon va avtomobillar bilan taqdirlanishdi (FOTO)

Teglar :  Paralimpiya
28 avgust – 8 sentyabr kunlari Franciya poytaxti Parij shahrida tashkil etilgan XVII yozgi Paralimpiya o'yinlarining qahramonlari jonajon vatanimizga qaytib kelishdi.

Matonat sohiblari bugun Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.

Marosimda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddin Ismoilov, O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, Prezident Administraciyasi departament rahbari Odil Abduraxmanov, Osiyo Olimpiya kengashi vice-prezidenti Otabek Umarov, Osiyo Paralimpiya qo'mitasi vice-prezidenti – O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjaev, Milliy paralimpiya qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari SHahnoza Mirziyoeva, Toshkent shahar hokimi SHavkat Umrzoqov, Sport vazirligi va Milliy Olimpiya qo'mitasi rahbariyati, yuzlab muxlislar, sportchilarimizning yaqinlari va OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbirda Nuriddin Mo'ydinxonovich hamda Abdulla Nigmatovich matonatli para atletlarimizni erishgan muvaffaqiyatlari bilan yana bir karra qutlab, ular bugungi kunda Vatanimizning faxri ekanliklarini, hozirda barcha yoshlarga o'rnak bo'lib turishganini alohida takidlashdi.

O'z navbatida uch karra Paralimpiya o'yinlari chempioni Xusniddin Norbekov hamda oltin medal sohibi Asila Mirzayorova, murabbiy Sardor Abduholiqov, shuningdek, chempionlarning ota-onalari so'z olib, davlatimiz rahbarining bunday etiboridan mamnun ekanliklarini bildirishdi.

SHundan so'ng elimiz ardog'idagi sanatkorlar o'zlarining vatanparvarlik to'g'risidagi ajoyib kuy-qo'shiqlari bilan yig'ilganlarning kayfiyatini yana ko'tardi.


Tadbirning ikkinchi qismi Milliy paralimpiya qo'mitasida tashkil etildi. Unda Parij-2024 qahramonlariga davlat rahbarining sovg'alari topshirildi. Prezident qaroriga muvofiq,

– oltin medal sohiblari “Chevrolet Tahoe” avtomobili, 200 ming AQSH dollari va xonadon;

– kumush medal sohiblari “BYD Song Plus EV Champion” avtomobili, 100 ming AQSH dollari va xonadon;

– bronza medal sohiblari “BYD Song Plus DM-I Champion” avtomobili, 50 ming AQSH dollari va xonadon bilan taqdirlanishdi.

Taqdirlash marosimida so'z olgan sportchilarimiz davlatimiz tomonidan ko'rsatilayotgan bunday etibor va g'amxo'rlikdan judayam xursand ekanliklari, kelgusida ham yangi zafarlar bilan jonajon vatanimiz dovrug'ini dunyoga tanitish yo'lida bor kuch-g'ayratlarini ishga solishlarini bildirishdi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing